ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 869 www.ares.uz KIRISH Oziq-ovqat havfsizligi insonlarning istalgan vaqtda faol va sog‘lom turmush
tarzi uchun zarur bo‗lgan elementlarga boy va havfsiz (sifati, soni va xilma-xilligi
bo‗yicha) ovqatlanish imkoniyatiga ega bo‗lish demakdir. Shu boisdan qayd etish
lozim, ayni globallashuv jarayonida mamlakatlarda aholini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan sifatli va sotib olish qobiliyati doirasida ta‗minlash muhim masalaga aylandi.
Oziq-ovqat inson hayotidagi eng muhim oziqalardan biri hisoblanadi. Iste‘molchilar
har doim sifatli va havfsiz mahsulotlar olishni istaydilar. Havfsiz oziq-ovqat deganda,
biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, geni modifikatsiyalangan organizm (GMО)
siz (genetik modifikatsiyalashgan organizmsiz), pestitsidlar singari oziq-ovqatga
aloqador zararli elementlar bo‗lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Oziq-ovqat
havfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo‗lib, millatlarning
salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Aholi iste‘mol qiladigan oziq-
ovqat sifati fuqarolar hayot kechirishining darajasi va sifatining muhim tarkibiy qismi
bo‗lib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
va demografik holatiga ham jiddiy ta‘sir ko‗rsatadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Oziq-ovqat havfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb
vazifalardan biridir. BMT mutahasislari ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini
yetishtirish va ularni taqsimlash boʻyicha yondashuvni mutlaqo oʻzgartirish vaqti
kelganini taʼkidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari
barchani oziq-ovqat bilan toʻliq taʼminlash va odamlar uchun risoladagidek daromad
manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari
yoʻlida ham qishloq xoʻjaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha
chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanadi. Nega bashariyat farovonligi va kelajagiga xizmat
qiluvchi mana shunday nufuzli tashkilot bu boradagi nuqtayi nazarlarni yangilash
gʻoyasini ilgari surmoqda, Sababi, bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga
antropogen taʼsirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilgʻor va rivojlanayotgan
davlatlar oʻrtasidagi oziq-ovqat balansi boʻyicha farqning oʻsayotgani, iqlim
oʻzgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Nozineʼmatlarimiz, chuchuk
suv, oʻrmonlar, biologik xilma-xillik keskin surʼatlarda kamayib bormoqda, yer
unumdorligi
pasayib,
tuproq
degradatsiyaga
uchrayotir.
Oqibatda,
BMT
maʼlumotlariga koʻra, yer yuzi aholisi soni geometrik progressiya bo‗yicha ortib
bormoqda afsuski ularni ehtiyoji arifmetik progressiya bo‗yicha qondirilmoqda,
hozirda jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan boʻlsa, 2050-yilga borib
bu soni 2 mlrd. kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda