Lahmning berilgan shaklini va o’lchamini saqlab qolish maqsadida mustahkamlagichlar o’rnatiladi.
Lahmning berilgan shaklini va o’lchamini saqlab qolish maqsadida mustahkamlagichlar o’rnatiladi.
Laxmni o’rab turgan jinslarning deformatsiyalanishiga sabab bo’luvchi massiv holatining kuchlanishi o’zgarishi bir qancha konturlar bo’yicha chegaralanadi. Bunday konturlar chegarasida yotgan tog’ jinslari berilgan laxmning ta’siriga tushmaydi.
Tog’ jinslarining mustahkamligiga laxmga kerakli o’lcham va shakl berish orqali, shuningdek unga mos mustahkamlagich tanlash orqali erishish mumkin. Kon bosimining yuzaga kelish xarakteri va kattaligi turli xil bo’ladi va u tog’ jinslarining yotish sharoiti va fizik-mexanik xususiyatlariga, kon laxmlarining ko’ndalang kesim yuzasi o’lchamlari va shakliga va boshqa bir qator omillarga bog’liq bo’ladi.
Tog’ jislarini qattiq, plastik, sochma va suzuvchi tog’ jislariga bo’lish qabul qilingan. Qattiq tog’ jinslari molekulyar tortib turuvchi va titrash kuchlari bilan o’zaro bog’langan mineral qismlardan tashkil topgan.
Tog’ jinslarining ularda o’tkir uskunalarning harakatiga ko’rsata oladigan qarshiligi bilan ifodalanuvchi xususiyati qattiqlik deyiladi. Qattiqlik darajasi tirnash, parmalash, silliqlash, namunalar bilan urish, so’nuvchi tebranishli mayatnik metodlari va boshqa usullar orqali aniqlanadi. Tog’ jislarining sinuvchanlikka va plastic deformatsiyaga qarshilik ko’rsatish xususiyati mustahkamlik deyiladi. Tog’ jinslarining siqilgandagi, bukilgandagi va cho’zilgandagi mustahkamliklari turlicha bo’ladi.
Tog’ jinslarining mustahkamligi prof. M.M. Protodyakonov shkalasidagi mustahkamlik koeffitsiyenti bilan baholanishi mumkin.
Tog’ jinslarining mustahkamligi prof. M.M. Protodyakonov shkalasidagi mustahkamlik koeffitsiyenti bilan baholanishi mumkin.
Tog’ jinslarini M.M. Protodyakonov shkalasi orqali tasniflashdan boshqa mustahkamlikni tasniflash usullari ham mavjud. Tog’ jinslarining ularning qismlarini massivdan olib qo’yishga qarshilik ko’rsatish xususiyati qayishqoqlik deyiladi. Tog’ jinslarining tashqi ta’sir natijasida o’z shaklini o’zgartirishi va ta’sir to’xtatilgandan keyin o’z holatiga qaytish xususiyati elastiklik deyiladi. Tog’ jislaridagi yoriqlar va g’ovaklar hajmining jinslarning butun hajmiga nisbati g’ovaklik deyiladi. G’ovaklik natijasida jinslarning o’zida suv saqlash qobiliyati namlik deyiladi. Namlik va suv o’tkazuvchanlikning katta ta’siri yoriqlikni keltirib chiqaradi.
Tog’ jislarining qattiqligi deb uning massasining hajmiga nisbatiga aytiladi.
Tog’ jinslarining plastikligi deb tashqi kuch ta’sirida o’z shaklini o’zgartirishi va ta’sir olib tashlanganidan keyin ham olingan shaklini yo’qotmaslik qobiliyati. Ma’lum bir bosimda barcha tog’ jinslari plastic bo’la oladi. Tng plastic tog’ jinslari gillar hisoblanadi.