Ushbu baytda qanday sheʼriy sanʼat qoʻllanilgan? Javob: Talmeh 29. «Zarraye nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom, Oshkora boʻlmasa, sirri nihonni na qilay?!» Ushbu baytda qanday sheʼriy sanʼat qoʻllanilgan? Javob: tashbeh, tazod 30. «Bir Xudodin oʻzgasi barcha gʻalatdur, Mashrabo, Gul agar boʻlsa qoʻlumda, ul tikanni na qilay?!» Ushbu baytda qanday sheʼriy sanʼat qoʻllanilgan?
Javob: Tanosub (Gul, tikan) 31. «Agar oshiqligʻim aytsam...» gʻazali necha baytdan iborat? Javob: 7 bayt 32. Mashrabning «Bulbuldayinkim faryod etarman...» sheʼri qaysi janrda yozilgan? Javob: murabbaʼ (Toʻrtlik) 33. «Ne gʻurbatlarni chektim charxi bebunyod dastingdan...» janri qanday? Javob: Muxammas (Beshlik) 34. Mashrabning qaysi gʻazali tanosub, tas hbih, istiora hamda ramz singari tasvir vositalaridan foydalanilgan? Javob: «Bu tani xokini - yu ruhi ravonni na qilay?!.» 35. Mashrab qaysi gʻazalida Yaratganning oʻzidan boshqa hamma narsa xato – gʻalati ekanini haqida fikr yuritiladi? Javob: «Bu tani xoki ni- yu ruhi ravonni na qilay?!.» 36. Mashrabning qaysi gʻazalida boshqa narsalarga mahliyo boʻlib asl haqiqatdan chalgʻimaslik kerakligi taʼkidlab oʻtiladi? Javob: «Bu tani xokini - yu ruhi ravonni na qilay?!.» 37. Mashrab qanday oʻtgan umrni umr emas deydi?