Javob: oshiqning bir lahza yorsiz oʻtgan umrini 38. Shoir « Bu tani xokini - yu ruhi ravonni na qilay?!.» gʻazalida yorsiz va bodasiz qayerga borishni naf koʻrmaydi? Javob: Makkaga 39. «Bu tani xokini - yu ruhi ravonni na qilay?!.» gʻazalining nechanchi baytida ilohiy maʼrifatga intilmasdan yashash umr mazmunini yoʻqqa chiqaradi, degan haqiqat mujassamlashgan? Javob: Birinchi baytida 40. «Urayinmu boshima sakkiz behisht - u doʻzaxin, Boʻlmasa vasli menga, ikki jahonni na qilay?!» Ushbu baytda qanday sheʼriy sanʼat qoʻllanilgan? Javob: Tazod (behisht- u doʻzaxin) 41. «Kishiga ishq oʻtidin zarraye yetsa, boʻlur giryon, Boʻlur besabr -u betoqat, yurak- bagʻri chunon oʻrtar.» Ushbu baytda qanday sheʼriy sanʼat qoʻllanilgan? Javob: istiora (ishq oʻtidin), Tanosub(besabr- u betoqat, yurak bagʻri), taʼdid
42. «Qayu til birla, ey jono, seni vasfing bayon aylar, Tilim lol- u koʻzum giryon, soʻngaklarni nihon oʻrtar.» Ushbu baytda qanday sheʼriy sanʼat qoʻllanilgan? Javob: nido(ey jono), Tanosub, taʼdid 43. «Na qattiq kun ekan, jono visoling judo boʻlmoq, Meni ohim tutunigʻa zamin - u osmon oʻtar» Ushbu baytda qanday sheʼriy sanʼat qoʻllanilgan?