453
ba‟zi mualliflarning fikr va mulohazalarini o„rganib, ularning ilmiy yondashuvlarini umumlashtirib,
turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo„nalishlari, vositalari va usullari
bo„yicha fikrlarimizni qisqacha bayon qilamiz. Iqtisodchi olima M.T.Alimova o„zining “Hududiy
turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalari” nomli doktorlik dissertatsiyasida turizm
bozorida talab va taklifni muvofiqlashtirish, marketing konsepsiyasi orqali turistik mahsulotlar
raqobatbardoshligini oshirish, turizm sohasi rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlarini
takomillashtirish hamda hududiy turistik klasterni shakllantirish bo„yicha ilmiy mulohazalarni keltiradi.
Ta‟kidlash kerakki, hozirgi vaqtda turizmni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini yoritib
berish va turizm industriyasini rivojlantirish, turizm sohasida davlat siyosatining asosiy yo„nalishlari,
omillari, sohani samarali rivojlantirishning asosiy tamoyillari va qulay raqobatchilik muhitni
shakllantirish yo„nalishlari, turizmni davlat tomonidan tartibga solish vositalari va bosqichlari
doirasidagi tadqiqotlar ko„plab iqtisodchi olimlar o„rtasida to„liq bayon etilmagan. Shuning uchun,
bizningcha, hozirgi vaqtda turizmni rivojlantirish va qo„llab-quvvatlash bo„yicha davlatning roli keng
bo„lib, sohada realizatsiya qilinayotgan davlat siyosatining asosiy yo„nalishlari bilan bog„liq
muammolarga e‟tiborni qaratish muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot ishida
keyingi yillarda respublikamiz iqtisodiyotning transformatsiyalashuvi jarayonlari hamda jahonda va
respublikamizda yuz berayotgan koronavirus pandemiyasi hisobga olish, turizm sohasini kompleks
rivojlantirish, turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo„nalishlari hamda
tartibga solish vositalari va usullarini tadqiq etishning muhim jihati sifatida o„rganish metodologiyasi
qo„llanilib, mazkur yo„nalish bo„yicha iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikrlariga tayangan holda
dialektik
va tizimli yondashuv, qiyoslash, emperik tadqiqot hamda qiyosiy tahlil kabi usullari orqali
turizm sohasi rivojlanishining o„stuvor yo„nalishlarini belgilash usuli taklif etilgan. Shuningdek, turizm
sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning ustuvor yo„nalishlari va vositalari, sohani samarali
rivojlantirishning asosiy tamoyillari va turistik mahsulotlar raqobatbardoshligini ta‟minlash
yo„nalishlari, turizmni davlat tomonidan tartibga solishning bosqichlari hamda turizm industriyasi
rivojlanishini qo„llab-quvvatlash darajalari bo„yicha omillariga oid aniq tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tahlil va natijalar Turizmning rivojlanishi, ayniqsa zamonaviy beqaror iqtisodiy vaziyatda mintaqalarda
turistik kompleksning bir xil emasligini ko„rsatadi, bu esa davlatni qo„llab-quvvatlash modelini ishlab
chiqish va iqtisodiy mexanizmni tartibga solishga turlicha yondashishga olib keladi.
Turizmning
samaradorligi dam olish va madaniy obyektlar mavjud hududlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni
barqarorlashtiradigan va mintaqalarda turizmni barqaror rivojlanishiga zamin yaratadigan muhim omil
hisoblanadi. Shu bilan birga, boshqaruv tizimining hamda davlat tomonidan qo„llab-quvvatlashning
nomukammalligi turizmga salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Turizmni takomillashtirishning asosiy
maqsadi – noyob turistik va rekreatsion resurslardan, ichki urf-odatlardan,
turizm sohasi
tadqiqotlarining ilmiy yutuqlaridan foydalangan holda hamda asosiy vazifalar yechimini ta‟minlash
asosida zamonaviy va raqobatdosh turistik kompleksni yaratishdir.Mahalliy va xorijiy mamlakatlar
fuqarolarining ehtiyojlarini qondirish, yuqori sifatli turistik xizmatlar va aholining dam olishlari uchun
shart-sharoit yaratish; − hududlar iqtisodiyotini rivojlantirishda turistik kompleksning hissasini oshirish;
− tabiiy resurslar va kurortlarni, ilmiy, madaniy va tarixiy merosni saqlash va ulardan oqilona
foydalanish. Bizning fikrimizcha, belgilangan maqsadlarga erishish uchun bir qator asosiy tamoyillarni
ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagilardan iborat: − xususiy turizm sohasidagi
obyektlarning to„liq inventarizatsiyasini o„tkazish, ushbu obyektlarni ro„yxatdan o„tkazish tizimini
ishlab chiqish va joriy etish va xususiy turistik obyektlarning
reyestrini shakllantirish; − tashkiliy-
huquqiy shakllar va mulkchilik turining barcha turdagi turistik tashkilotlarining muvaffaqiyatli ishlashi
maqsadida, turizmni rivojlantirish uchun meyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish; − hududlarda
turistik tashkilotlarning rivojlanishini rag„batlantirish uchun oqilona soliq siyosati va iqtisodiy
mexanizmlarni shakllantirish; − davlat kafolatlari va mahalliy qo„llab-quvvatlashning boshqa choralari
bilan turizmga investitsiyalarni jalb qilish; − tabiiy resurslar va dam olish maskanlarini saqlash, ulardan
oqilona foydalanish va muhofaza qilish; − turistik xizmatlarning yuqori texnologik va raqobatbardosh
ichki bozorini shakllantirish maqsadida transport, qishloq xo„jaligi, sanoat,
bank va investitsiya
454
tuzilmalari, sug„urta kompaniyalari va reklama agentliklari bilan turistik tashkilotlarning hamkorligi
uchun sharoit va imkoniyatlarni yaratish; − xizmatlarni sertifikatlashning xalqaro tizimi orqali sohani
davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash va tartibga solishni kuchaytirish; − turizm sohasida rahbarlar va
mutaxassislarni tayyorlash,
qayta tayyorlash, malakasini oshirish, sertifikatlash tizimi orqali yagona
kadrlar siyosatini amalga oshirish. Turizm sohasini davlat tomonidan tartibga solish shakllari turistik
mahsulotlar va xizmatlarga talab va taklif o„rtasida dinamik mutanosiblikk erishish maqsadida sohani
barqaror rivojlantirishga ta‟sir etishning asosiy yo„nalishlarini nazarda tutadi. Iqtisodiyotning
transformatsiyalashishi sharoitida turizm sohasini tartibga solishning barcha usullari va vositalari uzviy
o„zaro bog„liq bo„lishi kerak. Ulardan kompleks foydalanish turizm industriyasida amalga oshadigan
munosabatlar ishtirokchilari oldida yuzaga keladigan masalalarni samaralil yechish imkonini beradi.
Turizmni
tartibga solish ham bevosita, ham bilvosita tartibga solishning davlat va bozor
mexanizmlarining sintezidan iborat. Turizmni tartibga solish tizimi muayyan konsepsiyaga asoslangan
umumiy va maxsus, qisqa va uzoq muddatli choralar, usullar, tamoyillar va vositalar majmuini o„z
ichiga oladi. Ushbu holatda, bizning fikrimizcha, turizm bozori rivojlanishiga ta‟sir etishning bozor va
davlat mexanizmlari o„ratsida o„zaro mutanosiblikni shakllantirishi zarur.
Dostları ilə paylaş: