Gospodarka I innowacje



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix15.11.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#69266
1   2   3   4   5   6
452-456 O‘ZBEKISTONDA SAYYOHLIK TURIZMINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Uchinchidan, turizm sohasiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida, davlat xususiy 
sherikchilik shartlari asosida mehmonxonalar qurishga qator imtiyozlar joriy qilindi. Unga ko„ra, 
qurilgan 3 yulduzli mehmonxonalarning har bir xonasi uchun davlat budjeti mablag„lari hisobiga 30 
mln., 4 yulduzli mehmonxonalar uchun 40 mln. so„m kompensatsiya ajratish belgilandi. Shu bilan 
birga, jahonga mashhur mehmonxona brenlarini jalb qilgan mehmonxonalarning royalti xarajatlarini 
qisman kompensatsiya qilish amaliyoti yo„lga qo„yildi. Unga ko„ra, 3 yulduzli mehmonxonalarning har 
bir xonasi uchun 200 AQSh doll., 4 yulduzli mehmonxonalar uchun 400 doll ajratiladi. 
Natijada, joylashtirish vositalarining soni keskin ko„paydi. Xususan, 2016-2020 yillar oralig„ida 
ularning soni 750 tadan 1308 taga, mavjud o„rinlar soni esa 34 mingdan 62 mingga oshdi. Shuningdek, 
2018-2020 yillar davomida mehmon uylarining soni 13 barobarga oshib, 1386 taga yetdi.10 dan ortiq 
nufuzli xorijiy nashrlar O„zbekistonni eng jozibador sayyohlik yo„nalishlaridan biri sifatida e‟tirof etdi. 
O„zbekistonda turizmni iqtisodiyotning strategik sohalaridan biriga aylantirish bo„yicha qilingan ishlar 
turli reyting va nominatsiyalarda ham o„z aksini topdi. 
Xususan, so„nggi yillarda O„zbekiston «The guardian» nashri tomonidan dunyoning eng yaxshi 


456 
sayyohlik yo„nalishi, «Wanderlust» nazdida eng tez rivojlanayotgan davlat, «grandvoyage» hisob-
kitobiga ko„ra eng yaxshi rivojlanayotgan sayyohlik yo„nalishi deb topildi. Undan tashqari BMT 
huzuridagi Jahon turizm tashkiloti O„zbekistonni turizm sohasida shiddat bilan rivojlanayotgan 
davlatlar ro„yhatida 4-o„rin bilan baholadi. 
Ammo, sohada o„z yechimini kutib turgan muammolar ham kam emas. Transport xarajatlarining 
qo„shni davlatlar bilan solishtirganda karrasiga yuqori ekanligi, aviayo„nalishlarning diversifikatsiya 
qilinmaganligi shuningdek, yo„l, sanitar va informatsion infratuzilma obyektlari sifatining pastligi, gid 
va ekskursovod xizmatlarining talabga nisbatan keskin yetishmovchiligi sayyohlar nazdida 
O„zbekistonning turistik jozibadorligiga putr yetkazuvchi omillardan hisoblanadi. Mavjud 
muammolarni tez va sifatli hal qilish pandemiyadan keyingi davrda O„zbekistonning turizm 
imkoniyatlarini «davolashda» katta ahamiyat kasb etadi. 
E‟tiborli jihati shundaki, sayyohlar sonining oshishi turli hududlarda turlicha ro„y bermoqda. Misol 
uchun, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurganlar soni yillik o„rtacha 22-25 foiz atrofida 
ko„paygan bo„lsa, uzoq xorijiy mamlakatlar fuqarolari orasida yillik o„sish 50 foizni tashkil etdi. 
Xulosa qilib aytganda, O„zbekistonda sayyohlik sohasini innovatsiya va raqamlashtirish orqali 
o„zgartirish zaruriyati mavjud. Egallanmagan imkoniyat sifatida endi rivojlanayotgan agro va etno 
turizm kabi bozor segmentlarini rivojlantirish lozim. 
Turizmni rivojlantirishning jahon amaliyoti shuni ko„rsatadiki, mazkur industriyani yuqori daromadli 
sohaga aylantirish uchun davlat va xususiy sektordagi barcha ishtirokchilarning sa‟y-harakatlarini 
birlashtirish va mustahkamlash zarur. Bunda, hukumatning roli xalqaro, hukumat va xususiy sektor 
darajalarida turizm sohasidagi rivojlanish siyosatini muvofiqlashtirish va rejalashtirishni ta‟minlashdir. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin