G‘o‘zani o‘g‘itlash
Reja:
1.G‘o‘zani oziqlanish asoslari.
2.G‘o‘zaga azotli o‘g‘itlarni qo‘llash meyori, muddati, usullari va shakllari.
3.Almashlash ekish dalasida fosforli o‘g‘itlarni qo‘llashni ahamiyati.
4.G‘o‘za hosildorligini oshirishda kaliyli o‘g‘itlarni qo‘llash va uni samaradorligi.
G‘o‘za asosan Markaziy Osiyo Respublikalarida yetishtiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda g‘o‘zaning asosiy qismi bo‘z tuproqli, shuningdek, o‘tloq va o‘tloq-buz tuproqli yerlarda eqiladi. G‘o‘za o‘simligi xalq xo‘jaligining asosiy ekinlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda 1 mln 360 ming sug‘oriladigan maydonga eqiladi. G‘uzaning o‘rtacha hosildorligi 2004 yil 25,7 s/ga ni tashkil etdi. Umuman 28-36 s hosil olish imkoniyatlari bor. G‘o‘za o‘simligi biologik jihatdan ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib bizning sharoitda bir yillik ekin sifatida ekib yetishtiriladi. G‘o‘za o‘simligi kuchli o‘q ildizli tizimga bo‘lib tuproqning 120-180 sm chuqurligiga va 150 sm kenglikga tarqalib o‘sadi. Bir tonna paxta va shunga mos miqdordagi vegetativ massa to‘plash uchun g‘o‘za tuproqdan o‘rta hisobda 50-60 kg azot, 15-20 kg fosfor va 50-60 kg kaliyni o‘zlashtirib ketadi. G‘o‘za o‘stirilgan yerlardan oziq elementlarining chiqib ketishi hosildorlik darajasiga va uning strukturasiga bog‘liq. Gektaridan olinadigan hosil yuqori (40-45 s) bo‘lganda vegetativ va reproduktiv qismlar orasidagi nisbat ancha qulay bo‘ladi va 1 t. Paxta yetishtirish uchun sarflanadigan oziq moddalar miqdori nisbatan kam, hosilga qaraganda oz bo‘ladi. G‘o‘za maysasi unib chiqqandan to shonalash davrigacha juda sekin rivojlanib quruq moddaning atigi 4-5 foizi shakllanadi. Shonalashdan to gullashgacha o‘simlik quruq massasining 25-30 foizi shakllanadi. O‘suv qismining jadal to‘planishi ko‘saklarning ochilish davrigacha davom etadi. Quruq massa miqdorining bundan keyingi ortib borishi hosil organlari salmog‘ining ortishi hisobiga sodir bo‘ladi. G‘o‘zani oziq moddalarga bo‘lgan talabi bevosita quruq massaning to‘planish tezligi bilan bog‘liq, lekin bu jarayon bir meyorda ketmaydi. Boshqa ekin turlari kabi g‘o‘za ham o‘suv davrining boshlarida fosfor va azotga o‘ta talabchan. Bu davrda g‘o‘za azot va fosfor tanqisligiga ta’sirchan bo‘ladi, vaholanki, chigit unib chiqqandan to shonalashgacha bo‘lgan davr ichida u hosil bilan chiqib ketadigan oziq elementlarining bor-yo‘g‘i 8-10 foizi miqdorida talab qiladi. G‘o‘za gullash boshlashdan to yoppasiga pishguncha qadar oziq moddalarni eng ko‘p miqdorda o‘zlashtiradi
Dostları ilə paylaş: |