G‘o‘zani o‘g‘itlash



Yüklə 139 Kb.
səhifə3/4
tarix09.02.2022
ölçüsü139 Kb.
#52283
1   2   3   4
G‘o‘zani o‘g‘itlash

G‘o‘zadan rejalashtirilgan hosil yetishtirish uchun tavsiya etilgan N normasi qo‘yidagicha:

Rejalashtirilgan hosil, s/ga

N кг/га

20 – 25

160 – 200

25 – 30

200 – 230

30 – 35

220 – 270

Almashlab ekish dalasida g‘o‘zani bedadan keyingi yillarda joylashishiga qarab azotli o‘g‘itlar miqdori qo‘yidagi to‘g‘rilash koeffitsiyenti bo‘yicha to‘g‘rilanadi:

- bedadan keyingi 1 – yil - 0,4-0,5;

- bedadan keyingi 2 – yil - 0,6-0,75;

- bedadan keyingi 3 – yil - 0,8-1,00;

- bedadan keyingi 4-5 – yil-da – 1,0-1,25.

Bo‘z tuproqlarda g‘o‘zaga beriladigan mineral o‘g‘itlarni optimal meyorlari, eskidan paxta ekilib kelingan yerlarda azot bo‘yicha gektariga 150-180 kg bo‘lib, N:P nisbati 1 : 0,5, o‘tloqi tuproqlarda 1 : 0,7 – 1:0,8 hisoblanadi. G‘o‘zaga beriladigan n li o‘g‘itlar bir-nechta usullarda qo‘llaniladi: ekishgacha, ekish bilan birgalikda va 2-3 marta oziqlantirishda. N li o‘g‘itlar normasi 100 kg/ga atrofida bo‘lsa, yaxshisi uni oziqlantirishda berish kerak. N normasi katta bo‘lsa uni 20 – 30% (30-70 kg) ekishdan oldin, qolgan qismi teng 2-ga bo‘linib 20-40% dan yoki 30-75 kg 2-3 marta oziqlantirishda: 2-4 ta chin barg hosil qilganda (30-50 kg), shonalashning boshlanishida – 30-75 kg dan, va gullash davrining boshlanishida – 30-75 kg/ga hisobida beriladi. Ekish bilan birgalikda N li o‘g‘itberilishi kerak bo‘lsa, u vaqtda gektariga 10-20 kg N tem holida qo‘llaniladi. N li oziqlantirishni g‘o‘zani gullashiga 10 kun qolganda tugallash kerak.

Paxta hosildorligini oshirishda N li o‘g‘itlar shakllarini tanlash va ularni paxtachilik hududlari bo‘yicha tuproq-iqlim sharoitlariga bog‘liq holda qo‘llash katta ahamiyatga ega. Azotli o‘g‘itlar shakllarini paxta hosildorligiga bo‘lgan ta’siri bo‘yicha ularni qo‘yidagiga joylashtirish mumkin: mfu, (NH4)2SO4, CO(NH2)2, NH4NO3. Paxtachilikning turli xil hududlarida, g‘o‘za-beda almashlab ekishni alohida dalalarida N li o‘g‘itlarning samaradorligini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan kuzatishlarni ko‘rsatishicha, bedapoya buzilgan yil uzoqlashgan sari g‘o‘zaning N li o‘g‘itlarga bo‘lgan talabi orta boradi. Shuning uchun ham, bedapoya buzilgan yil uzoqlashgan sari g‘o‘zaga beriladigan N li o‘g‘itlar miqdorini ham oshirib borishga to‘g‘ri keladi. Ekish bilan birgalikda gektariga 10-20kg N ni kompleks o‘g‘itholida qo‘llash kerak. O‘g‘itlarni chigitdan 5-7 sm uzoqlikda va 10-12 sm chuqurlikda berish kerak. Oziqlantirishda beriladigan o‘g‘itlar sug‘orishdan oldin jo‘yak olish bilan birgalikda solinadi. Shonalash davrigacha beriladigan o‘g‘itlar o‘simlikdan 15-18 sm uzoqlikda va 10 sm dan kam bo‘lmagan chuqurlikda, keyingilarida qator oralarining o‘rtasiga 14-18 sm chuqurlikda berilishi kerak. Azotli o‘g‘itlarning samaradorligi, uni tuproqda qanday o‘zgarishiga, boshqa shakllarga aylanib qolishiga, o‘simlik uchun qanchalik layoqatligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham, N li o‘g‘itlar samaradorligini oshirishning birdan-bir yo‘li tuproqda kechadigan nitrifikatsiya jarayonini susaytirish, tuproqda ammoniyli shakldagi N ni to‘plashga erishishdan iborat. Chunki, u nitratlarga qaraganda kam harakatchandir. Azotli o‘g‘itlar samaradorligini oshirishning yana bir yo‘li bu azotli o‘g‘itlarning sekin eruvchan va undagi N sekin nitrifikatsiyaga uchraydigan shakllarini tanlashdir. Bunday N li o‘g‘itlar g‘o‘zani butun vegetatsiyasi davomida N ga bo‘lgan talabini qondiradi. Fosfor g‘o‘zaning oziqlanishi uchun eng muhim oziq elementlaridan biri hisoblanadi. U g‘o‘za tomonidan butun vegetatsiya davri mobaynida o‘zlashtiriladi. Nihollarni unib chiqish davrida va hosil elementlari paydo bo‘lish fazasida g‘o‘za eng ko‘p miqdorda fosfor talab qiladi. G‘o‘za nihollari yerdan unib chiqa boshlaganidan e’tiboran ko‘plab fosfor bilan oziqlantirishni talab etadi. Ana shu davrda tuproqda fosforning yetishmasligi, g‘o‘zaning boshlang‘ich fazalarida kechadigan o‘sish va rivojlanish jarayonlarini buzilishiga sabab bo‘ladi. Buni esa keyinchalik fosforli o‘g‘itlarni yuqori miqdorda qo‘llash yo‘li bilan ham qayta tiklab bo‘lmaydi. G‘o‘za nihollari unib chiqa boshlagandan to 2-4 chinbarg chiqarguncha tuproqda fosforning yetishmasligi birinchi hosil shoxining shakllanishiga ta’sir etib, ko‘saklarni yetilishini kechiktiradi. Hosil elementlari shakllanayotgan davrda fosfor yetishmasligi esa shonalarni to‘kilishiga olib keladi, ko‘saklarni ochilishini kechiktirib, tola hamda chigit sifatini pasayishiga sabab bo‘ladi. Fosfor yetishmaganda, ko‘pincha g‘o‘za yaxshi o‘smay, past bo‘yli bo‘lib, barglari to‘k yashil rangga kirib maydalashib qoladi. G‘o‘za o‘simligi tomonidan fosforni o‘zlashtirilishi uning turli rivojlanish davrlarida qo‘yidagicha bo‘ladi: urug‘ unib chiqqandan to shonalashgacha – 5%, shonalashdan to gullashgacha – 35%, gullashdan to pishishgacha – 50% , pishib yetilishni boshlanishidan to vegetatsiya davrining oxirigacha 10% ni o‘zlashtiradi. Karbonatli tuproqlar tarkibida umumiy r2o5 miqdori yetarli bo‘lib hisoblanadi. Bunday tuproqlarga fosforli o‘g‘itlarni qo‘llash, paxtadan o‘g‘ithisobiga har bir gektar hisobiga 2-12 s qo‘shimcha hosil olishni ta’minlaydi. Paxtachilikda fosforli o‘g‘itlarni asosiy qismini kuzgi shudgordan oldin qo‘llash tavsiya etiladi. Yillik meyorni 20-40 kg ni ekish bilan bir vaqtda berish kerak. Fosforli o‘g‘itlarni yillik normasi tuproqlarni harakatchan P2O5 bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi. Tuproqlar P2O5 bilan kam ta’minlanganda gektariga 150 kg, o‘rta ta’minlaganda – 100, yuqori va juda ortikcha ta’minlanganda – 50 kg dan fosforni 200 kg/ga N bilan birgalikda qo‘llash o‘rtacha 35 s/ga hosil yetishti-rishni ta’minlashi tajribalarda aniqlangan. Rejalash-tirilgan paxta hosili olish uchun qo‘yidagi miqdorda har bir gektar hisobiga P2O5 qo‘llash tavsiya etadi.

Hosildorlik

S/ga

Р2O5 кг/га




20-25

110-140




25-30

140-160




30-35

160-190


Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin