“G’ozlar” o’yini



Yüklə 337,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix11.06.2023
ölçüsü337,97 Kb.
#128591
1   2   3   4   5   6
ILK BOLALIK DAVRI INQIROZI p

Ilk bolalik davri: Go‟daklik davridan so‟ng rivojlanishning yangi davri ilk 
bolalik (1-3yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola xayotidagi eng 
axamiyatli, uning kelgusi psixologik rivojini belgilab beruvchi davr xisoblanadi.Bu 
rivojlanish asosini bolaning to‟g‟ri yurishini, muloqotga kirishini va predmetli 
faoliyatni egallagani tashkil etadi. Tikka va to‟g‟ri to‟g‟ri yura olish imkoni bolani
bila olishga, doimiy ravishda yangi maolumotlarni egallashga olib keladi. Bu 
yoshdagi bola o‟z xatti –xarakatlari jixatdan juda faol va kattalar bilan muloqotga 
kirishish uchun intiluvchan bo‟ladi. 1-3 yosh bola shakllanishda psixik 
rivojlanishning nixoyatda axamiyati kattaligini inobatga olgan holda ayrim 
psixologlar (m-n R.Zazzo) inson tug‟ilganidan to yetuklik davrigacha bo‟lgan 
psixik rivojining taxminan o‟rtalari 3 yoshga to‟g‟ri keladi degan mulohazani 
beradilar. Bu yoshdan boshlab bolalar predmetlarni o‟rganish olamiga kadam 
qo‟yadilar. U endi kattalar bilan nutq orqali muomala –munosabatda bo‟la oladi va 
elementar ahloq qoidalariga amal qila oladi.Kattalar bilan bo‟ladigan muloqot 
orqali bola atrof xayot xaqida boshqa yo‟nalishlarga qaraganda 10 xissa ko‟proq 
maolumot oladi.Nutq bu yoshda nafaqat muloqot balki tafakkurning rivojlanishi va 
o‟z o‟zini shuningdek, bilish jarayonlarni boshqarish vositasi bo‟lib xizmat qiladi. 
Ilk davridagi bolalrning yetakchi faoliyati predmetlarni o‟rganish 
hisoblanadi. Go‟daklik davridagi bolalarga nisbatan ilk bolalik davridagi bolalar 
narsalarga ko‟proq qiziqish bilan qaraydilar. Agar go‟dak bola qo‟liga ushlagan 
narsani oddiy xarakatlantirib ko‟rsa, 2-3yoshdagi bola shu predmet qismlarini
diqqat bilan o‟rganganidan so‟nggina o‟z amaliy faoliyatida ishlatadi. Bolani 
avvalo shu predmetning ishlatish vazifasi qiziqtiradi va u o‟z savoliga javob olish 
uchun ko‟pincha kattalarga «Bu nima?» degan savolni beradi. 3 yosh arafasida 
predmetlarning vazifalarini to‟la o‟zlashtirgan bolalar o‟z o‟yinlarida nafaqat shu 
predmetlardan foydalanadilar, balki ularni o‟z vazifalariga ko‟ra ishlatadilar ham. 
Predmetli faoliyat kirishishibolaning turli layoqatlari va qo‟l xarakatlarini 


rivojlantiradi. Bolaning nutqi u to 1,5 yeshga yetgungacha ancha sekin rivojlanadi. 
Bu davr ichida u 30-40 so‟zdan to 100 tagacha so‟zni bila oladi, lekin ularni juda 
kam qo‟llaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa uning nutqi jadal rivojlanadi. Endi u 
nafaqat predmetlarning nomini aytishlarini so‟rabgina qolmay bu so‟zlarni talaffuz 
etishga ham xarakat qiladi. Nutqining rivojlanish darajasi juda jadallashadi. 2 
yoshning oxirlariga borib bola 300 tagacha, 3 yeshning oxirlagiga borib esa 500 
dan to 1500 tagacha so‟zni ishlata oladi. SHuningdek so‟zlarni ham aniq talaffuz 
etib, jumlalarni to‟g‟ri tuza oladilar.

Yüklə 337,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin