ehtiejlarini qondirishi mumkin bo‟lgan manba deb biladi va bu uning «Menga
bering», «Ko‟taring», «Men ham boraman» kabi talablarida ko‟rinadi.Uch yoshli
bolalar o‟zlarini o‟zgalar bilan taqqoslay boshlaydilar, buning natijasida bolalarda
o‟z-o‟zini baxolash vujudga keladi.SHu davrdan boshlab bolalarda mustaqil
bo‟lish extiyoji yuzaga keladi va bu ularning «o‟zim qilaman» qabilidagi so‟zlarida
nomoyon bo‟ladi.
3 yosh krizisi: 3 yoshga kelib bola o‟zini kattalar bilan taqqoslay
boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‟lgan (xuquqi bo‟lgan),
shuningdek ular
bajara oladigan xarakatlarni qilishni xoxlaydi. «Men katta bo‟lsam mashina
xaydayman», «Men sizga katta tort olib kelaman», «Mening yuzta qo‟g‟irchog‟im
bo‟ladi» kabi xoxishlarini o‟z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham
o‟z barcha xoxishlarini bugunoq amalga oshirishga xarakat qiladi. Bu ko‟pincha
qatoiylik va qaysarlik bilan namoyon bo‟ladi. Bu
qaysarlik asosan kattalarga
qaratilgan salbiy xatti-xarakat bo‟ladi. Bola o‟zini mustaqil xarakat qila olishini
anglagan vaqtdan boshlab unda «O‟zim qilaman» boshlanadi va bu yana qaysarlik
va o‟jarlik bilan ko‟rinadi. 3 yosh krizisi bola shaxsining
maolum bir darajada
rivojlanganligi va kattalar bajaradigan xatti-xarakatlarni qila olmayotganini bilishi
natijasi hisoblanadi. Krizis davrida yuzaga
keladigan xususiyatlar iroda, laekatlar
va boshkalar uni shaxs bulib shakllanishiga tayerlaydi.
Uch yoshgacha bolalar psixik rivojlanishidagi
asosiy yangilanishlar
Dostları ilə paylaş: