LINUX da foydalanuvchi grafik tizimi
Foydalanuvchi grafik tizimi sichqoncha bilan tanlash mumkin bo`lgan elementlardan tashkil topgan. Ko`pgina komponentlar oynalardan tashkil topadi. Foydalanuvchi oyna o`lchovini o`zgartirishi, o`chirishi yoki yangi oyna ochishi mumkin. Bir vaqtda bir qancha oynalar ochilib, ularning har birida turli hil amallarni bajarish mumkin.
Ish stoli WINDOWS foydalanuvchilariga tanish ko`rinishga ega. Dastlab u bo`sh bo`lib, foydalanuvchi o`ziga kerakli komponentlarni ish stoliga qo`yishi va ulardan foydalanishi mumkin. Ish stolida bir necha oynalarni birgalikda ochib, ulardan foydalanish mumkin. Ish jarayonida ish stolidagi soatdan, kalkulyatordan, znachoklardan va boshqa bir qancha uskunalardan foydalanish mumkin. Bunda foydalanuvchi o`ziga keraklicha oynalardan foydalanishi mumkin.
LINUX OT 2 taniqli ish stolidan foyddalanadi:
GNOME (GNU Network Object Model Environment – GNU tarmoq ob`yektli muhiti) – bu ochiq kodli dasturiy ta`minot bo`lib, GNU proyektining bir qismi hisoblanadi. Uning eng birinchi nusxasi GNOME 1.0 1999 martida ishga tushirilgan edi.
KDE (K Desktop Environment Corel firmasining foydalanuvchi grafik muhiti) – bu erkin tarqaluvchi ochiq kodli dasturiy ta`minot bo`lib, uning birinchi nusxasi KDE 1.0 1998 yilning iyul oyida ishga tushirilgan.
Bu ikki ish stoli bir-biri bilan raqobatda bo`lishiga qaramay o`xshash tomonlarga ega. Ular quyidagilar:
Maxsus belgilarga ega ishchi qatlam.
Ustiga sichqoncha bosilganda ishga tushadogan znachoklarga ega ostkki panel.
Pochta xizmati, obozrevatellar, tahrirlagichlar kabi bir qancha dasturlar.
Dasturlarni ishga tushirish uchun xizmat qiladigan start paneli. Huddi WINDOWS dagidek.
Virtual ish stollari. Bunda bir qancha ish stollari mavjud bo`lishi mumkin. Masalan, bir ish stolida o`z panellari, znachoklari, dasturiy ta`minot va o`zingiz yaratayotgan dastur bo`lsa, ikkinchi bir ish stolida ham panellar, znachoklar va boshqa yaratayotgan dastur bo`lishi mumkin. Bir virtual ish stolidan boshqa biriga o`tish mumkin. Va bir vaqtning o`zida bir necha virtual ish stoliga ega bo`lish mumkin.
Uskunalar moslanuvchanligi, ya`ni o`z ish stolingizni moslab olish, ko`rinishini o`zingizga mos qilib tanlash imkonini beradigan xizmatlar.
Sistemani boshqarish va moslash imkonini beradigan uskunalar.
Dostları ilə paylaş: |