1.4. FIZIK MASALALARNI YECHISH METODLARI. Masalalani yechish metodlari, masalalarning sodda yoki murakkabligiga, o’qituvchilaning qo’ygan maqsadiga, o’quvchilaning bilim darajasi va boshqa talaygina sabablarga bog’liq.
Masalalani yechish metodlari ulami yechishda qo’llaniladigan matematik apparatlarga ko’ra:
1. Arifmetik metod. 2. Algebraik metod.
3. Geometrik metod.
4. Grafik metodlarga bo’linadi.
Masalalani yechish jarayonida foydalaniladigan mantiqiy amallar xarakteriga ko’ra analitik, sintetik yoki analitika-sintetik metodlarga bo’linadi.
Arifmetik metod. Masalani arifmetik metod bilan yechilganda, masaladagi fizik kattaliklar ustida faqat arifmetik amallar bajariladi. Ya’ni fizikaviy masalalarni arifmetika darslaridagi singari yechiladi.Formulalarni qo’llamasdan savollar yoziladi.Bu metoddan, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida fizika o’qitishning boshlang’ich davrida hali o’quvchilar algebradan tegishli bilimga ega bo’lmagan yoki fizik formulalarga kirgan kattaliklar orasidagi bog’lanishni chuqur tushunmagan paytda qo’llaniladi. Arifmetik metodning yana o’ziga xos bir xususiyati, unda tenglamalar tuzulmasligida va tenglamalar yechilmasligidadir. Harfiy ifodalami qo’llab arifmetik metod yordamida masala yechishga misol keltiraylik.
Geometrik metod. Agarda masalani yechishda o’quvchilarga ma’lum bo’lgan geometrik munosabatlardan foydalanilsa, bunday metod geometrik metod deyiladi. Bu metoddan statikada, elektrostatikada geometrik optikada ko’proq foydalaniladi. Geometrik metod bilan masala yechishga misol keltiramiz.
Grafik metod. Grafik masalalarni yechish bilan grafik metod chambarchas bog’langan.
Grafik metodda masalada topilishi kerak bo’lgan fizik kattalik grafikdan foydalanib topiladi.
2-rasmda massasi 2kg bo’lgan jism tezligining vaqtga bog’liq o’zgarishi grafigi berilgan. Grafikning oa, av, vs qismlarida jismga fa’sir qilayotgan kuchlarni toping?
Yechish. Yuqorida aytganimizdek tezlik o’zgarishining vaqtga bog’liq grafigidan foydalanamiz.