Grafik masalalarni yechish xususiyatlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə14/19
tarix16.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#99001
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Grafik masalalarni yechish xususiyatlari

1 – masala. Qo’zg’almas vaznsiz blok orqali o’tkazilgan ipga massalari m1 va m2 (m1>m2) bo’lgan yuklar osilgan (1‑rasm). Yuklarning harakat vaqtidagi ipning taranglik kuchi Т topilsin.
Yechish: m1 massali yukka P1 og’irlik kuchi va ipning taranglik kuchi T1, m2 massali yukka P2 og’irlik kuchi va ipning taranglik kuchi T2 ta’sir qiladi. Blok qo’zg’almas bo’lganligi uchun a1=a2=a va Т1=T2=T bo’ladi. m1>m2 bo’lganligi uchun birinchi yuk pastga, ikkinchi yuk esa yuqoriga harakat qiladi. U holda har bir yukning harakati uchun tenglamalar quyidagicha yoziladi:
P1 T1=m1a,
TP2=m2a.
Bu tenglamalar hadma-had qo’shilsa

hosil bo’ladi. Ana shu tezlanish formulasi yuqoridagi tenglamalarga olib borib qo’yilsa, ipning taranglik kuchi uchun quyidagi ifodani hosil qilish mumkin:

Ana shu javobning o’lchamligini tekshiramiz. Massalar ko’paytmasining ularning yig’indisiga nisbati massa o’lchamligini, uni esa tezlanishga ko’paytmasi kuch o’lchamligini beradi. Demak, ifodaning o’ng tomonidagi o’lchamlik uning chap tomonidagi o’lchamlik bilan mos tushadi. Shu sababli ushbu formulani, ya’ni masala yechimini to’g’ri deyish mumkin.
Shuni ta’kidlash joizki, ba’zi vaqtlarda masala yechilayotgan vaqtda masalaning shartida berilgan ayrim kattaliklardan birining formulasi o’quvchi yoki talabaning xotirasidan ko’tarilib qolishi mumkin. Mana shunday hollarda o’sha kattalikning o’lchov birligiga qarab, uning formulasini tiklasa bo’ladi. Ushbu omil ham masala yechimining to’g’ri bo’lishiga olib keladi. Misol tariqasida bu holga quyidagi masalani keltirish mumkin.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin