Grafik masalalarni yechish xususiyatlari



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə18/19
tarix16.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#99001
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Grafik masalalarni yechish xususiyatlari

t =   = 30.2 min vo

3 ) t =   =   = 26.8 min u vo v


A B
Masala Shamolning tezligi u= 18 m/s, samolyotning tezligi vo= 300 km/soat shart uchun ishlansin
XULOSA.
Fizikadan masalalar yechish jarayonida o’quvchilarning mantiqiy fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobiliyatlari rivojlanadi. Fizikaviy hodisalarning tub mohiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlarning amalda qo’llanilishini chuqurroq anglaydilar. Ko’pgina fizik o’lchov asboblarining vazifasi, tuzilishi, ishlash prinsplari bilan tanishadilar va ular bilan ishlash ko’nikma hamda malakalariga ega bo’ladilar. Shuningdek masalalar o’quvchilarda mehnatsevarlik, jur’atlilik, iroda va xarakterni tarbiyalaydi.
Ko’pgina metodik adabiyotlarning tahliliga ko’ra, mantiqiy xulosalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda yoki eksperiment yordamida yechiladigan muammo, odatda fizik masala deyiladi. Fizik masalada qo’yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir.
Fizikadan masalalar to’plamlarida berilgan hamma masalalarni turli asoslarga ko’ra klassifikatsiyalanadi. Masalan masalalarning murakkablik darajasiga ko’ra, sodda masalalar, qiyinroq masalalar, masala shartida, darslikda va darsda ko’rib chiqilgan masalalarda tavsiflanganiga nisbatan kamroq tanish bo’lgan holat tavsiflangan masalalar, o’quvchilar yangi bilimlar olish uchun foydalanish mumkin bo’lgan masalalar.
Masalalar mazmuniga qarab, mexanikaga, molekulyar fizikaga, elektrga doir va hakozo bo’lishi mumkin. Bunday bo’linish shartli ekanini bilamiz, chunki ko’pincha bitta masalaning shartida fizikaning bir nechta bo’limlaridagi ma’lumotlardan foydalanamiz. Shuningdek politexnik mazmunga ega bo’lgan, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga bag’ishlangan, tarixiy xarakterdagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan masalalarga klassifikatsiyalanadi.
O'quv jarayonni o'z tuzilishga ega bo'lib, u o'zaro bog'langan qismlardan iboratdir.

  1. O'quvchilarning diqqat va tafakkurini yangi o'quv materialini faol idrok etishga jalb qilish maqsadida o'quvchilar oldiga masalalarni qo'yish kerak. Ammo bu faoliyat o'z-o'zidan kelib chiqmaydi, uni o'qituvchi vujudga keltirish kerak.

  2. O'qituvchining bilimlar berishi va o'quvchining yangi matrialni idrok etishi. O'qituvchining bu bosqichdagi rahbarligi idrok etish sifatining oshirishning muhim yo'lidir. O'qituvchi yangi materialni o'rganish odidan muammoli vaziyatni vujudga keltira olsa o'quvchilarni idrok etish vaqtidagi faolligi oshadi. O'quv muammolarini qiziqarli mashqlar grafik topshiriqlarni bajarishda vujudga keladi.

  3. Grafik tushunchalarni tarkib toptirish, umumlashtirish hamda o'quvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini mustahkamlash jarayoni. Tushuncha fikrlashning shunday bir shakli, uning yordamida predmet va hodisalarnirig muhim belgilari ifodalanadi. Grafik tushunchalarning vujudga kelishi murakkab fikrlash jarayonidir. O'quv materialini idrok etilishi va anglab olishi natijasida miyada vujudga kelgan bilimlar mustahkamlanishi kerak. Bilimlarni mustahkamlash maqsadida grafik va amaliy mashqlarni qisqa vaqtda yechish bilan erishiladi. .

  4. O'quvchilarning grafikadan olgan bilim, malaka va ko'nikmalarini yangi sharoitlarda qo'llash.

Bilimlarni yangi mashqlarga, amaliy faoliyatida mumkin tadbiq etib turish bilimni mustahkamlashning ishonchli sinalgan usulidir. Shu sababli o'qitish vaqtida xilma-xil amaliy vazifalami qo'yish, o'quvchilarning bilimlarini tadbiq etish bilan bog'liq bo'lgan amaliy faoliyatga jalb etish grafikaga oid bilimlarni puxta va ongli o'zlashtira olishning muhim vositasidir.
5. Egallargan bilim, malaka va kо'nikmalaming o'zlashtirishlarini tekshirish. Ko'rsatilgan qismlaming har biri o'quv jarayonning tarkibiy
qismi bo'lib umumiy va maxsus vazifalani bajaradi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin