Istanbulning o'ziga xos dengiz mahsulotlarini tatib ko'ring Turkiya nafaqat dunyoga mashhur kaboblari, balki dengiz mahsulotlarining noyob taomlari bilan ham tadqiq qilishga
arziydigan gastronomik markazdir. Uchala tomondan dengiz bilan o'ralgan mamlakat sifatida Turkiya ming yillar oldin mavjud
bo'lgan dengiz mahsulotlari an'anasini, ya’ni mahalliy va mintaqaviy dengiz mahsulotlarini, ularni pishirish texnikasi va
talqinlarini aks ettiruvchi g'ayrioddiy taomlarni taklif etadi.
Ushbu mintaqa o’zining ko'p asrlik dengiz mahsulotlari madaniyati bilan mashxur. Masalan, Usmoniy Turklar davridagi
oshpazlik ma’lumotlariga ko’ra, saroyda iste’mol qilinadigan noz-ne’matlardan sazan, skumbriya, qilich-baliq, paltus, ko‘k
baliq va ilon balig‘i, shuningdek, lakerda (boshqa nomi – “tuzlangan bonito”) kabi baliq go‘shtlari va ikrasi bo‘lganini
ko‘rsatadi. Tuzli baliq va baliq sho'rvalari ham saroy oshxonasining asosiy taomlari hisoblangan.
Keling, “Mishlen qo'llanmasi”ning eng so'nggi yozma manbasi bo'lgan Istanbulning baliq madaniyati bilan tanishaylik...
Istanbulning o'ziga xos baliqli sendvichi Ko'p qirg'oqlari mavjud bo'lgan shahar - Istanbulda baliq ovlash hayot tarsi kabidir. Kuzda Bosfor bo'g'ozi ayniqsa mo'l-
ko'l bo'lsa, Istanbulda qish mavsumi baliqlarning boshqa turlariga boy bo’ladi. Mavsumiy ovlar anchousdan qizil kefalgacha,
ko'k baliqdan bonitogacha, sardalyadan skumbriya va laqqa baliqgacha bo'lib, yil davomida Istanbulliklarning dasturxonini
bezab turibdi.
Baliq bozorlari, baliqchilar va Bosfor bo'ylab suzib yurgan baliqchi qayiqlari asrlar davomida Istanbulning ramzi bo'lib
kelgan. Darhaqiqat, baliqlar Istanbul ko'chalari bilan shunchalik uyg'unlashib ketganki, Istanbul bo'ylab tasodifiy sayr qilish
orqali baliqni o`zida mujassam aylaydigan turli xil landshaftlarni kesib o'tadi.
Baliqlar “Oltin shox” (Golden Horn) ning ikki tomonida joylashgan Karakoʻy va Eminoʻnu yoʻllarida doim diqqat
markazida turadi. Sohil bo'yidagi sotuvchilarning atrofi yangi qovurilgan baliqli nonni iste'mol qiluvchilar bilan to’lib toshadi.
Istanbulning baliqchilik madaniyatining eng diqqatga sazovor joylarning boshida turadigan Galata ko'prigining piyodalar
yo'laklaridan Bosfor bo'g'oziga o'z to'rlarini tashlagan baliqchilar ajoyib manzarani yuzaga keltiradi.
Baliq Istanbulning ajralmas elementi bo'lib, Bosfor bo'g'ozi bo'ylab joylashgan restoranlarda raki va go'zal manzaralar
bilan birga o’ziga xos “mavsumiy baliqlardan bahramand bo'lish marosimi”da mehmonlar ham, shahar aholisi ham ishtiyoq
bilan qatnashadilar.