Istanbul va baliq restoranlari
Turk taomlari deganda birinchi bo’lib, aqlga go‘sht va kabob kelsa-da, baliq sohasi aslida turk gastronomiyasining eng boy sohalaridan
biridir. Istanbulning dengiz bo'yidagi tumanlarida yangi salatlar va mavsumiy baliqlardan bahramand bo'lishingiz mumkin bo'lgan ko'plab
an'anaviy baliq restoranlari mavjud. Tavernalar (mayxonalar) baliq restoranining o'ziga xos sinfidir va oilalar bilan yaqin do'stlar uchun
mashhur ovqatlanish mumkin bo`lgan ko'ngilochar joylar hisoblanadi.
Baliq restoranlarida ovqatlanadiganlar uchun avvalo dasturxonga kichik likopchalarda gazaklar tortiladi va servis boshlanadi. O'ttizdan
yuztagacha turli xil gazakni taqdim qila oladigan bu restoranlar boshqa joylarda uchramaydigan dengiz mahsulotlarining o’ziga xos ta'mini
taklif qiladi. Qisqichbaqa dimlamasi - sariyog', sarimsoq va pomidor bilan qisqichbaqalardan pishiriladigan ovqat turi; Baliq ko`ko`rech -
mayda to`g'ralgan baliqlarni ziravorlar, pomidor, piyoz va qalampir bilan aralashtirish orqali pishiriladi; tovada sariyog' bilan pishirilgan
dudlangan qisqichbaqalar; qaynoq yog'da qovurilgan kalmar va Lakerda - Istanbulning sho'r ta'mi bo'lgan “bonito” baliq restoranlari
tomonidan taqdim etiladigan gazaklar ro`yxatidan joy olgan. Siz hatto asosiy taomga buyurtma berishingiz shart emas.
To'ldirilgan midiyalar - dengiz bo'yida joylashgan shaharlarda mashhur ko'cha gazaklari bo`lib, limon bilan birga tortiladi va qo'l bilan
iste'mol qilinadi.
Xo'sh, hozirda “Mishlen yulduzi” makonlari joylashgan Istanbuldagi baliq restoranida qaysi maxsus taomlarni uchratasiz? Ushbu
savolga javob mavsumga qarab o'zgarishi mumkinligi sababli, qaysi baliq o`sha mavsumda borligini so'rash - tanlashni osonlashtiradi.
Buyurtma berishdan oldin siz shaharning eng mashhur taomlaridan, jumladan: grilda pishirilgan dengiz levrek, chipura, grilda
pishirilgan gurj, tuzda pishirilgan dengiz levrek, qiyma bilan to'ldirilgan midiya, qovurilgan midiya, grilda pishirilgan sakkizoyoq, grilda
pishirilgan kalmar, qovurilgan kalmar, to'ldirilgan kalamar, chayon baliq (Skorpena) sho'rva, dudlangan baliq, baliq pastrami (dudlangan baliq)
va kippers (dudlangan baliq turi) tatib ko'rishingiz mumkin!
Turk baliqlari orasida munosib obro'ga ega bo'lgan Hamsi (Anchous) uchun alohida bo`lim ajratish kerak. Qoradengizning sevimli
baliqlaridan hisoblangan Hamsi asrlar davomida Qoradengiz viloyatlaridan Istanbulgacha bo'lgan joylarda dasturxon toji bo'lib kelgan. Hamsi
guruchli taomlarda, bug'da pishiriladi, tovada pishiriladi, non bilan va hatto shirinliklar sifatida dasturxonlarga tortiladi. Qanday
tayyorlanishidan qat'iy nazar, hamsi o'ziga xos va ta'riflash qiyin bo’lgan lazzatni taqdim etadi, bu mintaqa tabiatining insoniyatga sovg'asidir.
Dostları ilə paylaş: |