Platon pedagog va tarbiya nazariyotchisi sifatida ham mashhur. Fuqarolarni tarbiyalash davlatning asosiy vazifalaridan deb hisobladi. Uning fikricha, bolalar qayotining birinchi kunidanoq maxsus muassasalarda tarbiyalanishi kerak: 3–7 yoshda oʻyinlar maktablaridagi uylar yoki bogʻchada taʼlim olishi; 7–17 yoshda maktabda yozuv, oʻqish, musiqani oʻrganishi; 17–20 yoshda harbiy-gimnastik taʼlim olishi; 20–30 yoshda kelajakda hukmdor uchun zarur boʻlgan falsafiy taʼlim olishi lozim.

Platon qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa – davlatni boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa – davlatni dushmandan himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa – davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar.