Fikrimcha, bloger jurnalist emas. Murakkab xulosa talab etadigan ushbu oddiy fikrni keng jamoatchilik yaxshi tushunishi va anglashi lozim. Chunki bu «axborot iste'moli»da nihoyatda muhim omil hisoblan
Fikrimcha, bloger jurnalist emas. Murakkab xulosa talab etadigan ushbu oddiy fikrni keng jamoatchilik yaxshi tushunishi va anglashi lozim. Chunki bu «axborot iste'moli»da nihoyatda muhim omil hisoblanadi.
Nima uchun bloger jurnalist emas?
Nima uchun bloger jurnalist emas?
Birinchidan, blogerda hech qanday javobgarlik yo‘q. U xohlagan payti, xohlagan mavzusi haqida material tayyorlashi, e'lon qilishi mumkin. Axborot uzatishda bo‘rttirishi, aldashi yo o‘zi bilmagan holda xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin. Ammo bu borada jurnalistda ancha mas'uliyat va javobgarlik bor.
Ikkinchidan, mashhur jurnalist Vladimir Pozner aytganidek, blogerlik jurnalistlikdan farqli ravishda, kasb emas. Ya'ni axborot uzatishda professionallik ham muhim ahamiyatga ega.
Uchinchidan, blogerlar doim ham OAV qonunlari va jurnalistlar etikasi doirasida ish ko‘rishmaydi. Ular faqat o‘zlari guvohi bo‘lgan voqea-hodisa haqida xabar, imkoni va bilimi yetgan mavzuda material tayyorlashi mumkin.
Uchinchidan, blogerlar doim ham OAV qonunlari va jurnalistlar etikasi doirasida ish ko‘rishmaydi. Ular faqat o‘zlari guvohi bo‘lgan voqea-hodisa haqida xabar, imkoni va bilimi yetgan mavzuda material tayyorlashi mumkin.
To‘rtinchidan, blogerlarda savodlilik darajasi turlicha. Ya'ni ular axborotni istagan uslubda yozishi, bayon qilishi mumkin. Ular matn, foto va tasvirlardagi xatolik, kamchiliklar uchun mas'uliyatni zimmalariga olishmaydi.
Beshinchidan, blogerlar jurnalistlardan farqli ravishda xabar tarqatayotganda his-hayajon va hayratga berilishlari, o‘z sub'yektiv fikr va xulosalariga tayanib voqealarni sharhlashlari mumkin.
Oltinchidan, bloger axborot manbai, guvoh sifatida qabul qilinishi mumkin. Ya'ni, OAVda u orqali ma'lumot olish va tarqatish imkoni mavjud. Bil'aks, OAV manbalariga tayanib materiallar tayyorlayotgan blogerlar ham kam emas.
4.Axborot daromad manbaiga aylanishi. Axborotning inson ongiga ta’sir muammolari.