Ritorik murojaat - tantanavorlik, ko‘tarinkilik yoki kesatish, kuchli g‘azab, nafratni ifodalash uchun qo‘llanadigan xitob shaklidagi ifoda usulidir.
Sillabik she'r tizimi - bo‘g‘inlar miqdoriga asoslanadi. Turkiy xalqlar, jumladan, o‘zbek xalq she'riyati, shuningdek, italyan, polyak, fransuz, ispan, rumin xalqlari she'riyati ham sillabik she'r tizimiga mansubdir.
Metrik she'r tizimi - esa bo‘g‘inlarning uzun-qisqaligiga, unlilar holatiga asoslanadi. Grek, lotin, arab she'riyati shunday xususiyatga ega.
Sillabo-tonik she'r tizimi - bo‘lsa, urg‘uli, urg‘usiz bo‘g‘inlarning ma'lum tartibda kelishiga asoslanadi. Rus she'riyati shundaydir.
Tonik she'r tizimi - misralarda urg‘usiz bo‘g‘in qancha bo‘lishidan qat'i nazar, ritm hosil bo‘lishi, urg‘ularning bir maromda kelishiga asoslanadi.
TEST TOPSHIRIQLARI
1. Qo‘shiq janrining ta'rifini aniqlang.
So‘z o‘yini ko‘chma ma'noli so‘z va janrlarni ilg‘ab olish va unga javob topa bilish, sha'ma qilish san'ati
Hayot haqiqati bilan bog‘liq, fantastik hamda hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, didaktik g‘oya tashuvchi janr
Turkiy «qo‘shmoq» fe'lining o‘zagidan yasalgan bo‘lib, misraga misrani qo‘shib kuylash, aytish ma'nosini anglatuvchi og‘zaki lirik turga mansub mustaqil janr
Syujet diologi asosida qurilgan haja va yengil yumorga moyil mubolag‘ali tasvirlanishi bilan ajralib turuvchi janr
2. Bug‘doy aytar olaman,
To‘ylarga ko‘p yarashaman.
O‘qlovlarga yovoshaman,
To‘lmadingmi, qora daryo?
Ushbu to‘rtlik qaysi qo‘shiq turiga mansub?
O‘rim qo‘shiqlari
Yanchiq qo‘shiqlari
Sog‘im qo‘shiqlari
Charx qo‘shiqlari
3. Bosma tikkan botir qiz,
Jimalay tikkan chevar qiz.
Dostları ilə paylaş: |