[85]
malaka va bilimlarni o‘rgata borib, o‘qituvchi o‘quvchilarni tarbiyalashni barcha
kompleksi vazifalarini ko‘rish maydonida ushlab turadi. Fanni o‘ziga xos
xususiyati nafaqat tarbiyani umumiy vazifasini metodikasini hal etishda o‘zini izini
qoldirish balki jismoniy tarbiya uchun ko‘proq o‘ziga xos, ayrim bir qator
tarbiyaviy vazifalarni oldinga suradi.
Jismoniy mashqlar bilan muntazam ravishda shug‘ullanish odatini
tarbiyalash.
Murakkab mashqlarni bajarishda jismoniy og‘irlikni yengib o‘tishni
bilish, yuqori rivojlangan irodaviy sifatlarni tarbiyalash.
Kiyim-bosh, o‘zining tanasini parvarish qilish dam olish va mehnat
rejimiga rioya qilishga odatlanish va gigiyenik malakalarini tarbiyalash.
Harakatlantiruvchi harakatni egallashda manfaatlarini umumiyligi
asosida quriladigan, o‘quvchilar o‘rtasidagi to‘g‘ri o‘zaro munosabatini
tarbiyalash.
Sog‘lomlashtirish vazifasini hal etishda jismoniy tarbiyani barcha kompleks
vositalari asosida amalga oshiradi. Mashqlarni to‘g‘ri tanlash va taqsimlash
salomatlik
holatini
jismoniy
rivojlantirish,
tayyorgarligini
baholash,
shug‘ullanuvchilarning yoshiga xos xususiyati har doim o‘qituvchilarning diqqat
e‘tiborida bo‘lishi shart.
O‘rgatishni tabaqalashtirish shuningdek tibbiy ko‘rsatkichlarga mosligi, ular
asosida o‘quvchilar uchta guruhga bo‘linadilar: asosiy tayyorlov va maxsus
jismoniy rivojlanishni va tayyorgarligi bo‘yicha orqada qolayotgan, o‘quvchilarga
maqsadga yo‘naltirilgan uychi mashqlar maxsus vazifa qilib beriladi. O‘quv
normativlarni bajarish talablariga ayrimlari istisno tarzida ruxsat etiladi.
Dostları ilə paylaş: