[89]
Suhbat uslubi shug‘ullanuvchilarning
texnika-taktika uslublari, mashg`ulot
uslublari, haqida, o‘yin faoliyatini tashkil etishda bilimlarni to‘ldirish uchun
qo‘llaniladi.
Suhbat obrazi, jo‘shqin tushunarli ravishda ravon bo‘lishi kerak.
Tushuntirish orqali nafaqat harakatni xarakterini
va shaklini ochib berish
balki uni to‘g‘ri bajarishga ta‘sir etuvchi sabablarni ochib beriladi. Tushuntirish
mashqni bajarish uchun u dastlabki shartni tashkil etadi.
Bu esa aniq harakat
qilishni asosiy mohiyati va mazmunini aytib beradi. Tushuntirishda asosiy diqqat
e‘tiborni ayrim detallariga yoki qismlariga to‘xtatilib o‘tmasdan, balki eng muhim
harakatga qaratiladi. Guruhda o‘yin uslub va yo‘llarini o‘rganib olishda,
guruh
bo‘lib kamandali harakatni o‘rgatishda, bo‘lajak o‘yinga ko‘rsatma berishda
tushuntirish uslubidan foydalaniladi.
Suhbat, savol va javob, fikr almashish, qo‘yilgan hatolarni muxokama qilish
va ni bartaraf etish ko‘rinishida o‘tkaziladi. Suhbatni guruh va individual shaklda
ham o‘tkazish mumkin.
Tahlil qilish sport amaliyotida birorta vazifani bajarilgandan keyin (texnik
va taktik qayta ishlashda) o‘yin tamom bo‘lgandan keyin yoki bo‘laja o‘yinni tahlil
qilishda keng foydalaniladi. Tahlil qilish bir tomonlama bo‘lishi mumkin,
qachonki buni o‘qituvchi o‘zi o‘tkazsa yoki iki tomonlama bo‘lishi mumkin, bunda
shug‘ullanuvchilarning o‘zlari ham qatnashadilar.
Vazifa bu o‘yin mashqni bajarish oldida yoki darsdan oldin qo‘yiladigan
vazifani shakli hisoblanadi. Vazifa bita yoki guruh bo‘lib taktik harakatni berishi
mumkin.
Ko‘rsatma texnik va taktik bo‘yicha mashqlarni bajarish vazifasini qisqacha
shakldir. Ushbu o‘quv o‘yinlarini o‘tkazishda yoki o‘zaro
harakat qilishda
taktikani o‘rganishda ulardan foydalaniladi. Ko‘rsatma o‘yin mashqlarida yoki
o‘yinni to‘xtatmasdan o‘zaro harakat qilish jarayonida berish mumkin.
[90]
Farmoyish bu shug‘ullanuvchilarga og‘zaki ta‘sir etish shaklidir. U qisqa va
aniq fikr lo‘nda ifodalash bilan farq qiladi. Ular ma‘lum shaklga ega bo‘lmasdan
uni bajarishga tayyorgarlik ko‘rish mashqni bajarish uchun beriladi.
Dostları ilə paylaş: