Komandali harakatlanish
barcha komanda a‘zolarini himoyada qanday bo‘lsa,
xuddi shunday hujumda o‘yinni boshqarishda o‘zaro harakat qilish usullarini
tanlashni muljallaydi. Ushbu tanlash raqib komandasini , o‘yinni taktik umumiy
[106]
rejasiga, uni texnik va psixologik tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi. Taktik
ko‘rsatmani hal etishni muvaffaqiyati, bajaruvchilarni texnik tayyorgarligiga,
ularni ijodiy va taktik niyatini tashkiliy ravishda bajarishga bog‘liqdir.
Komandali harakatga o‘rganish o‘yinchilarning asosiy funksiyasini aniqlash
va komandalarni to‘ldirish momentidan boshlanadi. O‘yinni taktik shaklini tanlab
yoki o‘zaro harakat qilishni taktik tizimini, shug‘ullanuvchilarni imkoniyatlaridan
kelib chiqib, hujumda va himoyada har bir o‘yinchini vazifasi aniqlandai.
Faqatgina shundan keyin asosiy o‘zaro harakat qilishini, taktik variantlar va
kombinatsiyalarni egallashni, mustaqil ravishda taktikani hal etishni qabul qilishni
o‘rganishni boshlaydi. So‘ngra ikki tomonlama o‘quv o‘yinida komandali taktik
o‘zaro harakatini mustahkamlaydi. Shuni esda saqlash kerakki, ya‘ni texnikasi
qanday bo‘lsa, xudi shunday komandani o‘yinni taktikasini himoyada o‘zaro
harakatini amalga oshirish bilan boshlanadi. Shunday ekan, o‘rgatishni himoyada
o‘zaro harakatlanish bilan boshlash kerak, so‘ngra hujumda o‘zaro harakatlanishni
taktikasiga o‘tiladi, biroq to‘liq bir qator mashqlar borki ular hujum taktikasida
qanday bo‘lsa Xuddi shunday himoya taktikasini takomillashtirishga yo‘naltiriladi,
bu mashqlar esa o‘yin sharoitiga maksimal yaqinlashgan bo‘ladi.
3.12. Psixologik tayyorgarlik
Psixologik tayyorgarlik – bu pedagogik jarayon bo‘lib sportchini axloqiy- irodaviy
sifatini yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga yo‘naltirilgan jismoniy sifatini
rivojlanishi va irodaviy xususiyati xarakterini tarbiyalash o‘zaro bog‘liqdir. Iroda
xuddi mushakday faqatgina obektiv va sub‘ektiv qiyinchiliklarni yengib o‘tish
natijasida harakat faoliyatini namoyon qilish jarayonida rivojlanadi.Bu
qiyinchiliklar murakkab texnik o‘yin usullarini zaruriyatdan egallash charchashni
yengib o‘tish, o‘zini tuta bilish emotsional holatini boshqarish, murakkab sport
yakka kurashishi qiyin sharoitida yuqori ish qobilyatini saqlashdan iboratdir.
Shunday qilib jismoniy yuklama iroda chiziqlarini o‘zicha xosligini shakllantirish
vositasi hisoblanadi. Irodaviy sifatning o‘ziga hosligi shundaki, ular faoliyat
ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ularni rivojlanishdan kelib chiqadi shu yerda
[107]
sharoitni yaratish zarurki, bunda xarakterini kuchli tomonlari rivojlanadi va
mustahkamlanadi, u yerda dadillik bir qarorga kelishlik, jasurlik, o‘zini tuta
bilishlik namoyon qilish zarur.
Shuni yodda tutish kerakki, bolalarga ta‘sir ko‘rsatish ostida emotsional
qo‘zg‘alishni tez-tez o‘zlarini yomon nazorat qiladi, ayrim vaqtda o‘ylamasdan hal
etish ko‘pincha bu o‘yin tayyorgarligini va texnikasini yetarli bo‘lmasligi
natijasida bo‘ladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish va tezda fikrlash, tajriba oshirilgan
yuklamani bajarish jarayonida amalda orttirilgan bilim bilan o‘tadi. Psixologik
tayyorgarlik jarayoni umumiy tayyorgarlikka (asoslovchi tarbiya, muntazam
ravishda shug‘ullanishga undashga, harakat malakalarini takomillashtirishga,
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga) va musobaqalarga tayyorlash, qachonki bir necha
musobaqalarda yoki ushbu musobaqada qarshi kurashishga eng yuqori psixologik
tayyorgarlikni yaratish bo‘yicha ish o‘tkaziladi.
Axloqiy va irodaviy sifatni tarbiyalash bu mafkuraga qat‘iy ishonch,
jamoatchilik, vatanparvarlik va irodaviy sifatni shakllantirishni bir butun
jarayonidir: jasorat, jur‘atlilik, tirishqoqlik, o‘zini puxta bilish.
Bolalar bilan ishlashda qiyinchiliklarni yengib o‘tishda ongli munosabatda
bo‘lish asosida ularni muntazam mashg‘ulot mashg‘ulotlarga qatnashtirish juda
muhim. Aniq misollarga asoslangan har kunlik tushuntirish ishlari esa, yaxshi
natijalarga olib kelishi mumkin. Bola uchun irodani rivojlantirishni eng yaxshi
vositasi, qiyinchiliklarni yengib o‘tish bo‘yicha, charchashga qarshi kurashish
mashqi xizmat qiladi, shuningdek o‘quv o‘yinlari va musobaqalar, xarakterning
qat‘iyligi, jur‘atlilik, tirishqoqligi va qat‘iy turishida zaruriyat tug‘ilganda
namoyon qiladi.
Bolalardagi jasorat va jur‘atlilik tez-tez emotsional momentlarni asoslaydi va
logik dalil-isbot kuchini namoyon qilmaydi, balki bolani sezgi tezligini qamrab
oluvchi kuchidir. Hattoki ayrim vaqtda o‘yin usullarini u o‘yin mashg‘ulotda,
musobaqada, bajarishga qo‘rqadi, o‘yinni emotsional holatida ta‘sir qilishi ostida
ko‘proq muvaffaqiyatli bajaradi. Shuning uchun o‘qituvchi yosh sportchilarni
[108]
tayyorlashda, o‘yin harakatini tahlil qilishda ma‘lum momentni va sergirlik
namoyon qilishi kerak, o‘yinda qatnashishda ishonch ko‘rsata bilish kerak.
Psixologik tayyorgarlikni ahamiyati quyidagi uslublar bilan amalga oshiriladi:
- kiyinchiliklarni yengib o‘tish bo‘yicha mashq uslubi;
- zarur bo‘lgan psixologik holatda sportchilarni to‘g‘rilash maqsadida mashqni
to‘g‘rilash uslubi;
- ideomotor mashqini, kelgusi harakat faoliyatini aniqlashtirish va fikran
o‘ziga qabul qilish, qayta ishlab chiqishga imkon beradigan usul;
- bo‘lajak faoliyatga tayyorlash yosh sozlash va mashq yordamida zo‘riqishni
pasaytirishga imkon beradigan mashg`ulotni psixoboshqarish uslubi;
- bolalar bilan ishlashda irodaviy sifatni tarbiyalash bo‘yicha asosiy
tavsiyalar:
A) irodaviy zo‘r berishni namoyon qilish bo‘yicha vazifani tushunarli, aniq
qo‘yish shart, shug‘ulanuvchilarni yosh imkoniyatlariga har doim mos kelishi
kerak.
B) topshirilgan vazifalarini o‘z vatida aniq bajarishga erishish;
V) mashg‘ulotda jismoniy yuklamani bajarishga faol munosabatni
shakllantirish, musobaqada berilgan ko‘rsatmani o‘z vaqtida bajarishga erishish;
G) dam olish va mehnat rejimiga rioya qilishga jismoniy va texnik-taktik
tayyorgarligidagi o‘zini kamchiliklarini bartaraf qilish ustida ishlashga
shug‘ullanuvchilarni majbur etish;
D) o‘yinda mo‘ljallangan ko‘rsatmani tayyorlashda belgilangan rejalarni
amalga oshirishda shug‘ullanuvchilarda o‘zlarining kuchlarida ishonch hosil
qilishni yaratish yoki shakllantirish.
Bolalar bilan albatta o‘tkazilgan o‘yin natijalarini muhokama qilish kerak.
Uni dam olishida yoki ertasi kuni barcha ruhiy kechinmalarga ishonib, bolalar
o‘zlarini xatti-harakatlarini baholay olish, kamchiliklarni tan olish imkon
bo‘lganda o‘tkazish tavsiya etiladi. Muhokamada albatta barcha sportchilar
qatnashishlari zarur. Muhokama vaqtida yo‘q bo‘lganlar nomiga umuman
[109]
kamchiliklar aytish tavsiya etilmaydi. Muhokama vaqtida o‘qituvchi juda
ehtiyotkorlik bilan har bir holatni, o‘yinchisi shaxsiga tegmasdan tahlil etilsa,
kelgusida ushbu o‘yinchilarni irodasi, psixologik holati mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: |