Guliston davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi


uyur – biyalar to’dasi;  go’sha



Yüklə 396,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix06.12.2022
ölçüsü396,02 Kb.
#72725
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
uyur – biyalar to’dasi; 
go’sha – odamlar nazaridan uzoq er, turar joy. 
5. 
Ko’rgazmadan 
foydalanish: 
o’qituvchi 
O’zbekiston 
xaritasidan 
Arabistonning qaerga joylashganini ko’rsatadi. 
6. Hikoya bilan tanishtirish. O’quvchilarga matnni ichda o’qish topshiriladi. 
Topshiriq bajarilgach, hikoya o’quvchilarga navbati bilan ifodali o’qitiladi va 
so’zlatiladi. Matnni o’qish jarayonida ko’chma yozuv taxtasiga yozilgan 


13
hayvonlar, turkistonliklar, arablar so’zlariga o’quvchilar diqqati tortiladi. So’zlash 
davomida shu so’zlardan foydalanish uqtiriladi. 
7. O’quvchilarning hikoya yuzasidan qay darajada tushunchaga ega 
bo’lganliklarini aniqlash maqsadida quyidagi savollar asosida suhbat o’tkaziladi:
- Matnda hayvonlar haqida nimalar deyilgan? 
- Arablar haqida-chi? 
- Nima uchun har kim o’z Vatanini jonidan ortiq sevadi? 
8. Maqol ustida ishlash. 
quyidagi maqol mazmunini ochib bering: «O’zga yurtda sulton bo’lguncha, 
o’z yurtingda gado bo’l».
Agar o’quvchilar maqol mazmunini ochishga qiynalsalar, u holda o’qituvchi 
yordam beradi. Ya’ni: Sulton deganda yurt podshosi tushuniladi. Podsho o’ziga-
o’zi xo’jayin. Uning buyruqlarini hamma bajaradi. Xalq unga bo’ysunadi. Lekin 
Sulton o’z yurtini tashlab ketib, boshqa yurtda sulton bo’lsa ham, ko’nglining bir 
chetida armon bo’ladi. Bu armon tug’ilib o’sgan yurtidan uzoqdaligidan, xalqidan 
ajralganidan afsuslanib yashashdir. 
Cho’pon-chi? Cho’pon birovlarning molini boqib kun ko’radi. Lekin o’z 
yurtida, o’z tug’ilgan joyida shod-xurram yashaydi. Cho’pon o’zini baxtli 
hisoblaydi. Shundan «O’zga yurtda sulton bo’lguncha, o’z yurtingda gado bo’l» 
maqoli mavjud. 
Shu o’rinda shoh Boburning Hindistonda podshoh bo’lib yashasa ham, o’z 
yurti Andijonni sog’inib yashagani, Andijonga kelolmay armon bilan olamdan 
o’tgani eslatiladi. She’riy parcha o’qiladi. Bu orqali o’quvchilar qalbida Vatanni 
sevish, unga muhabbat qo’yish, undan kechmaslik tuyg’usini singdirish uchun yo’l 
ochib boriladi. 
9. O’quvchilar matn mazmunini puxta o’zlashtirib olishlari uchun mavzu 
mustahkamlanadi. 
10. O’qituvchi o’quvchilarga : 


14
1. «Nima uchun Vatan mo’’tabar?» 2. «Vatanga muhabbat nimadan 
boshlanadi?» kabi savollarga javobni Xurshid Davronnning «Vatan mo’’tabardir» 
hikoyasidan topilajagini aytadi. Hikoyani ichda o’qish topshiriladi. 
11. Topshiriq bajarilgach, o’quvchilarga hikoya mazmunini qay darajada 
o’zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida suhbat o’tkaziladi. Suhbat uchun savollar 
va topshiriqlar: 
- Mo’’tabar so’zi qanday ma’noni bildiradi? 
- Nega inson uchun vatan mo’’tabar? 
- Vatan qaerdan boshlanadi? 
- Biz vatanni sevishni kimlardan o’rganmog’imiz kerak? Javobingizni 
hikoyadan o’qib isbotlang. 
O’qituvchi o’quvchilar javobini to’ldiradi va «Mehrigiyo» so’ziga izoh 
beradi. «Mehrigiyo» - o’simlik. U xushbo’y, yoqimli hid taratadi. Shuning uchun 
ham shu gulni sevadi, qadrlaydi. Muallif vatanni ana shu Mehrigiyoga o’xshatgan.
12. O’qituvchi mavzuni mustahkamlash uchun savollarga javob olib, lozim 
bo’lsa to’ldiradi. 
- Muallifning fikriga qanday qaraysiz? 
- Nima uchun Ona vatan deyiladi? 
13. Darsni yakunlash uchun savollar:
- Bugungi darsda qanday asarlar o’qidik? 
- Bugungi darsdan nimalarni bilib oldingiz? 
14. Uyga vazifa: «Vatanni suymak», «Vatan mo’’tabardir» hikoyalarini 
o’qib matnga taalluqli savol va topshiriqlarga javob topish, «Vatanimizni sevamiz» 
mavzuida insho yozishga tayyorlanish.
XALQ OG’ZAKI IJODI
Xalq og’zaki ijodi xalqning turmush tajribalari asosida yuzaga kelgan. U 
mehnat jarayoni bilan bog’liq. Xalq shu mehnat jarayonining turli sharoitlariga 
mos ravishda bolalar uchun ertak, qo’shiq, topishmoq, maqollar yaratgan. Ularni 
bolalar juda sevib o’qiydilar.


15
Xalq og’zaki ijodida, ya’ni ertakda yaxshilik yomonlik ustidan, to’g’rilik 
egrilik ustidan g’alaba qiladi. Mehnatkash xalqning turli orzu-istaklari hikoya 
qilinadi.
Qo’shiq turli davrdagi hayotga va marosimlariga mos ravishda yaratiladi. 
Qo’shiqlarda xalqning orzu-istaklari o’z aksini topdi. Masalan, “Yor-yor”, 
“Chittigul”, “Laylak keldi”.
Qo’shiq o’quvchilarning nafosatini o’stirib ularni hayotga muhabbat
vatanparvarlik, do’stlik kabi fazilatlar ruhida tarbiyalaydi. 
O’quvchilarda ifodali o’qish va ifodali nutq malakalarini hosil qilishda va 
uni takomillashtirishda dono xalqimiz tomonidan yaratilgan maqol va 
topishmoqlardan ham foydalaniladi.
Topishmoqlar ustida ishlash o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi, 
zehnini o’stirdi, lug’at boyligini o’stiradi, ifodali o’qishga o’rgatadi.
Maqollar xalq tomonidan yaratilgan ixcham va timsolli, chuqur ma’noli 
gaplardan iborat. O’quvchilarga rostgo’ylik, do’stlik, mehribonlik, mehnatsevarlik, 
to’g’rilik kabi fazilatlarni singdirishda maqollar muhim ahamiyatga ega. Ularda 
eng yaxshi insoniy fazilatlar ulug’lanadi. O’quvchilarning ma’naviy kamol 
topishiga yordam beradi.
Maqollar va topishmoqlarni o’rganishga alohida soat ajratilmaydi. Darslarda 
maqollardan o’rganilayotgan badiiy mazmuniga boglab, matn yuzasidan xulosalar 
chiqarishda, mustaqil ishlashda foydalaniladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilarning sevib, qiziqib o’qiydigan asarlari 
ertaklardir. Ayniqsa, hayvonlar haqidagi ertaklarni bolalar zo’r qiziqish bilan 
o’qiydilar. Ertakdagi mard, kuchli, dovyurak qahramonlar, yaxshilikning yovuzlik 
ustidan g’alabasi bolalarni o’ziga tortadi. Timsollarning hatti-harakatlariga qarab 
ertaklardan foydalaniladi.
Masallarni o’rganish o’quvchilarga ahloqiy ta’lim berishda asosiy 
vositalardan biri sifatida xizmat qiladi. «Masal, axloqiy mazmunni kinoyaviy 
obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. U ko’proq she’riy yo’lda yoziladi. 


16
Masalda insonlarga xos xususiyatlar kinoyaviy obrazlar – hayvonlar, jonivorlar va 
o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Ko’pincha masalning kirish qismida, ba’zan 
oxirida qissadan hissa, ya’ni ibratli xulosa chiqariladi». 

Yüklə 396,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin