Guliston davlat universiteti akvakultura fanidan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 492,6 Kb.
səhifə2/33
tarix21.12.2023
ölçüsü492,6 Kb.
#188161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
portal.guldu.uz-Аквакультура

1-MAVZU: SUVNING XOSSALARI VA
BALIQLAR EKOLOGIYaSI
Reja:

  1. Suvdagi kislorod, tuzlar miqdori, harorat va uning baliqlar hayotidagi ahamiyati haqida nazariy ma’lumotlarni o’rganish.

  2. Suvning sho’rligi va temperaturasining baliqlarga ta’sirini aniqlash.

  3. Mustaqil topshiriqlar.

  4. Testlar.


Darsning maqsadi: talabalarga suvdagi kislorod va uning baliqlar hayotidagi ahamiyati, suvdagi tuzlar va haroratning baliqlarga ta’siri, ekologik guruhlar haqida nazariy ma’lumotlar berish amaliyotda baliqlarning suv havzalarida tarqalishiga ta’sir etuvchi ba’zi faktorlarni aniqlash usullaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish.

Dars o’tish vositalari: o’quv va uslubiy qo’llanmalar, turli suv havzalari tushirilgan xaritalar, ish daftari, suv termometrlari, litr o’lchagich, pinset, mikrokalkulyator, akvarium. Suv sho’rligini aniqlash asboblari. Ishning bir qismi suv havzasida bajariladi.

Dars o’tish usullari: dars suhbat, takrorlash va savol javob, amaliy topshiriqlarni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. unda talabalarni mustaqil, erkin fikrlash va fikrlarini bayon etishga o’rgatish uchun ularga mavzu bo’yicha savollar beriladi, talabalar yakka tartibda amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarini bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi.


Darsning mazmuni:
1.1. Suvdagi kislorod, tuzlar miqdori, harorat va uning baliqlar hayotidagi ahamiyati haqida nazariy ma’lumotlar o’rganish.
Suv biosferada hayot uchun eng zarur bo’lgan omillardan biridir. Baliqlarning yashash muhiti bo’lgan suv o’zining bir qator fizik xossalari bilan baliqning morfolgiyasi va ekologiyasiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Suv havoga nisbatan zichroq. Uning solishtirma og’irligi baliqlarning solishtirma og’irligiga yaqin bo’lganidan baliqlar suvda cho’kib ketmaydi, muallaq holda yashaydi, bemalol harakatlanadi. Muallaq holda yashashga baliqqa solishtirma og’irlikdan tashqari suzgich pufagi ham yordam beradi(Buxovskiy va b. 1989).
Ma’lumki suv juda kuchli erituvchi bo’lgan suyuq mineral moddadir. U havzalarga oqib keladigan qattiq va suyuq holdagi turli xil organik va noorganik moddalarni, jumladan, gazni ham eritib suvda yashaydigan organizmlar – hayvon, o’simlik va bakteriyalarning iste’mol qilishi uchun yaroqli qilib beradi. Suvning sho’rligi va unda erigan tuzlar miqdorining tavofuti tufayli kislorod va uning turli organizmlardan iborat moddalarga boy suvning ustki qatlami ostki qatlami bilan almashinib turishi, ya’ni suv yuqoridan pastga tushib pasdan yuqoriga ko’tarilib, aylanib oqib yurishi suv ostida yashovchi baliqlar va boshqa jonivorlarni kislorod hamda oziq moddalar bilan ta’minlab turadi (Ivanov, 1988).
Bosimning o’zgarishi ham kata ahamiyatga ega. Suv havzasining yuzasidan tubiga qadar har 10 metrda bosim bir atmosferadan ortib boradi. 10 000 metr va undan ortiq chuqurliklarda yashaydigan baliqlar ming va undan ortiq atmosfea bosimi ostida yashashga moslashganlar (Buxovskiy va b. 1989).
Suvda erigan kislorodning ko’p yoki oz bo’lishi suvning harorati, sho’rligi darajasi kabi omillarga bog’liq. Kislorod suvda havodagiga nisbatan 20 martagacha kam. Kimyoviy jihatddan toza suvda (bir litrida 10 sm3) va tog’ suvlarda (bir litrida 7-8 sm3) kislorod ko’p bo’ladi, erigan kislorodning oz yoki ko’pligi suv qanchalik sovuqligi va sho’rligiga bog’liq.
O’rta Osiyo va O’zbekiston tog’ suvlarida yashaydigan qsman, qora baliq, tiniq suvlarda tarqalgan golyan kabi baliqlar bir litrida 7-10 sm3 kislorod bo’lgan suvda hayot kechiradi.
O’rta Osiyo daryolarining tinch oqadigan yerlari, ko’llarining o’t bosgan joylarda bir litrida 4 sm3 va undan ham ozroq kislorod bo’lgan suvlarda qizilko’z, olabug’a kabi baliqlar yashaydi. Zog’ora baliq, erinchoq baliq, tobonbaliq kabilar kislorod juda oz - bir litrida 0,5 sm3 miqdorda bo’lgan havzalarda ham yashaydi.
Umuman baliqlar chuchuk suvdan tortib juda sho’r suvlarda ham yashay oladi. Ba’zi bir baliqlar tuz miqdorining o’zgarishiga juda sezgir bo’ladi. Chunonchi Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan qilquyruq va filbo’yin chuchuk suvda ozgina tuz sezilsa ham halok bo’ladilar (Zoxidov, 1979 y.).
Harorat hayotning eng muhim ekologik omillardan biri. Ayniqsa tana harorati beqaror, ya’ni tashqi muhitning haroratiga qarab o’zgarib turadigan poykolotermli hayvonlardan bo’lmish baliqlar hayotida harorat kata ahamiyatgga ega.
Baliqlarning tana harorati deyarli suvning haroratiga to’g’ri keladi, ba’zan undan 0,5-10S ortiqroq bo’ladi.
Baliqning tana harorati tashqi muhit bilan uzviy bog’liq. Bundan tashqari baliqning moda almashinuvi, nafas olishi, ovqat hazm qilishi, o’sishi, urchishi, qishlashi, migratsiyasi va boshqa hayotiy jarayonlarida ham suvning harorati kata rol o’ynaydi (Komilov, 1983). Baliq organizmida yuz beradigan ayrim jarayonlarni tekshirish natijasiga qaraganda suvning harorati ko’tarilsa, baliqning jinsiy bezlari va umuman, tanasining o’sishi hamda rivojlanishi tezlashadi va ovqatni ham ko’p yeydi, tezroq hazm qiladi, gaz almashinuvi kuchayadi. Suvning haroratining o’zgarishi ko’p hollarda baliqqa migratsiya qilish, urchish, qishlash zarurligidan xabar beruvchi signal vazifasini o’taydi (Naumov, 1995).
Baliqlar har xil haroratli suvlarda yashaydi. Tropik mintaqada yashovchi baliqlarning aksariyati -310S gacha bo’lgan haroratga chidasa, qaynar buloqlarda yashovchi baliqlar +450S haroratda ham yashashga moslashgan.

Yüklə 492,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin