Guliston davlat universiteti akvakultura fanidan amaliy mashg’ulotlar


MAVZU: BALIQLARNING NERV SISTEMASI, SEZGI ORGANLARI VA REFLEKSI



Yüklə 492,6 Kb.
səhifə7/33
tarix21.12.2023
ölçüsü492,6 Kb.
#188161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
portal.guldu.uz-Аквакультура

3. MAVZU: BALIQLARNING NERV SISTEMASI, SEZGI ORGANLARI VA REFLEKSI
Reja:

  1. Baliqlarning nerv sistemasi, sezgi organlari va refleksi haqida nazariy ma’lumotlar.

  2. Daryo okunining nerv sistemasi, sezgi organlarini o’rganish va refleksini aniqlash.

  3. Mustaqil ish topshiriqlari.

  4. Testlar.


Darsning maqsadi: Talabalarga baliqlarning orqa miya, bosh miya, sezgi organlari, eshitish organlari, ta’m bilish organi haqida nazariy ma’lumotlar berish, amaliyotda akvariumda okunning xulq-atvorini õrganish kuzatib refleksi kuzatiladi, qanday usullardan foydalanish ko’nikmalari shakllantiriladi.
Darsni o’tish vositalari: o’quv va uslubiy qo’llanmalar, baliqning nerv sistemasi tushirilgan sxema ( 2 -rasm), akvarium, okun balig’i, baliq ozuqasi, ish daftari, pinset.
Dars o’tish usullari: Dars savol-javob, takrorlash va suhbat, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni muhokama qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarni mustaqil erkin fikrlash va fikrlarini bayon etishga o’rgatish uchun ularga mavzu bo’yicha savollar beriladi, talabalar guruh-guruh bo’lib amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarini bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan tahlil qilinadi.
Darsning mazmuni:
Baliqlar turli xil suv tiplarida keng tarqalgan. Okun tanasining yon tomonlari bo’ylab boshidan dumigacha to’q rangli ingichka yon chiziqlari o’tadi. Bu o’ziga xos sezgi organidir.
Ko’pchilik baliqlardagi singari, okun qorin qismining rangi orqasiga qaraganda oqishroq bo’ladi. Orqasi ust tomondan ma’lum darajada suv tubining qoramtir rangi bilan qo’shilib ketadi. Oqish rangli qorni pastdan suv yuzasining nim oqish fonida kam seziladi. Okun tanasining rangi atrof - muhitga bog’liq bo’ladi. Suvning tubi qoramtir bo’lgan ko’llarda u to’q rangda bo’ladi, ba’zan bu yerlarda hatto qora okunlar ham uchrab turadi. Baliqlarning nerv sistemasi, bosh miya, orqa miya, sezgi organlari haqida tõxtalib o’tamiz.

Yüklə 492,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin