1.2. Suv sho’rligi va temperaturasining baliqlarga ta’sirini aniqlash.
Suvda gazlardan tashqari erigan tuzlar ham bor. Baliqlarning ba’zi turlari tuz miqdorining o’zgarishiga juda sezgir bo’ladi. Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan qilquyruq va filbo’yin chuchuk suvda ozgina tuz sezilsa ham halok bo’ladi.
Talabalar amaliyot vaqtida quyidagilarni bajaradilar:
O’zbekiston xaritasidan chuchuk va sho’r suvli daryolarni aniqlash va kontur xaritaga tushirish.
Akvariumda suvning harorati o’zgarishiga qarab baliqlar harakatlarini kuzatadilar va kuzatish natijalarini amaliyot daftariga qayd qilib boradilar.
Baliqlarning tana harorati deyarli suvning haroratiga to’g’ri keladi, ba’zan undan 0,5-10S ortiqroq bo’ladi. Xullas, baliqlarning tana harorati tashqi muhit bilan uzviy bog’liq. Bundan tashqari baliqning moda almashinuvi, nafas olishi, ovqat hazm qilishi, o’sishi, urchishi, qishlashi, migratsiyasi va boshqa hayotiy jarayonlarida ham suvning harorati kata rol o’ynaydi (Naumov, 1995). Akvariumda kuzatishlar shuni ko’rsatadiki baliqlar suv haroratining nihoyatda ozgina, hatto yuzdan bir 0S ga o’zgarishini ham seza oladilar. Bu hodisa mo’ljal olishda, migratsiya vaqtida katta ahamiyatga ega.
1.3. Mustaqil ish topshiriqlari.
Yashash joyingizda daryo, ko’l, suv omborlarida qishda yoki yozda baliqlarning harakatini kuzating.
Suv havzalarida haroratning o’zgarishini baliqlarga ta’siri haqida xulosalar qiling.
Suvdagi kislorod va uning baliqlar hayotidagi ahamiyatini tushuntiring.
1.4. Testlar
Biosfera hayotida eng zarur bo’lgan omillardan biri?
Suv
Tuproq
Atmosfera
Namlik
Barcha javoblar to’g’ri
Baliqlarning yashash muhiti qaysi?
Suv
Botqoqliklar
Daryolar
Dengiz va okeanlar
Barcha javoblar to’g’ri
Suv qanday modda?
Kuchli erituvchi bo’lgan suyuq mineral modda.
Suyuq holdagi modda
Gaz holidagi modda
Bug’ holdagi modda
a,c,d javoblar to’g’ri
Suvda erigan kislorodning ko’p yoki oz bo’lishi nimalarga bog’liq?
Suvning sho’rlik darajasi va haroratiga bog’liq
Suvning haroratiga bog’liq
Sho’rlik darajasiga bog’liq
Suvdagi kislorod miqdoriga bog’liq
Suvning harakatiga bog’liq
Tog’ suvlarida kislorod miqdori qancha?
Bir litrida 7-10 sm3
Bir litrida 5-6 sm3
Bir litrida 7-8 sm3
Bir litrida 4-5 sm3
Bir litrida 0,5 sm3
Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan, chuchuk suvda yashashga moslashgan baliq turlari qaysilar?
Filbo’yin, qilquyruq
Qilquyruq, zog’ora
Zog’ora, karp
Filbo’yin, qilquyruq, zog’ora
Bo’ka baliq
Baliqlar tana haroratiga ko’ra qaysi guruhga kiradi?
Gomoterm
Poykiloterm
Poykiloterm, gomoterm
Tana harorati o’zgarmas
b, d javobllar to’g’ri
Tana harorati suvning harorati bilan teng keladigan hayvonlarni ko’rsating?
Gidrobiontlar
Baliqlar
Suvda va quruqlikda yashovchilar
Ikki pallali mollyuskalar
b, d javobllar to’g’ri
Qanday hayvonlarda moddalar almashinuvi, nafas olishi, ovqat hazm qilishi, o’sishi, urchishi, migratsiyasi va boshqa hayotiy jarayonlari suvning temperaturasiga boqliq?
Plankton organizmlar
Gidrobiontlar
Baliqlar
Nekton organizmlar
barcha javobllar to’g’ri
Baliqlar suvning haroratiga bo’lgan munosabatiga qarab qanday guruhlarga bo’linadi.
Evritermli, stenotermli
Stenotermli
Evritermli
Gomotermli
Guruhlarga bo’linmaydi
Dostları ilə paylaş: |