Guliston davlat universiteti akvakultura fanidan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 492,6 Kb.
səhifə22/33
tarix21.12.2023
ölçüsü492,6 Kb.
#188161
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33
portal.guldu.uz-Аквакультура

Dars o’tish usullari: Dars savol-javob, takrorlash va suhbat, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni muhokama qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarni mustaqil erkin fikrlash va fikrlarini bayon etishga o’rgatish uchun ularga mavzu bo’yicha savollar beriladi, talabalar guruh-guruh bo’lib amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarini bayon qiladilar, natijalar o’qituvchi bilan tahlil qilinadi.
Darsning mazmuni. Qisqichbaqalar sinfining tipik vakili – daryo qisqichbaqasi toza chuchuk suvda – daryoda, kanallarda va ko’llarda yashaydi.Qisqichbaqalar kunduzi qirg’oqlardagi daraxtlar ildizi yaqinida qazilgan inlarida, toshlar ostida yashirinib yotadi. Tunda oziq qidirish uchun inidan chiqadi. Daryo qisqichbaqalari hammaxo’r hayvon, ular o’simliklarni ham hayvonlarni ham o’lik–tirikligiga qaramay yeyaveradi. Qisqichbaqalar oziq hidini, ayniqsa o’lgan baliq, baqa va sasiyotgan boshqa hayvonlar hidini uzoqdan sezadi.
7.1. Daryo qisqichbaqasining hayot kechirishi va tashqi tuzilishi haqida nazariy ma’lumotlar.
Daryo qisqichbaqasining po’sti boshqa hamma bo’g’moyoqlilarniki singari qattiq bo’lib, organik modda – xitindan iborat. Yengil, ammo qattiq po’sti hayvon tanasining yumshoq qisimlmrini himoya qiladi. Bundan tashqari, u tashqi skelet vazifasini ham bajaradi, chunki ichki yuzasiga muskullar birikadi. Qisqichbaqaning qattiq po’sti yashil - qo’ng’ir rang. Ana shu himoya rangi tufayli hayvon suv tubidagi qoramtir fonda sezilmaydi. Qisqichbaqa pishirilganda po’sti rang beruvchi moddalar parchalanib rangini o’zgartiradi – qisqichbaqa qizil bo’lib qoladi.
Qisqichbaqa tanasi ikki qisimga: katta bosh ko’krak va bo’g’imli yassiroq qorinchaga bo’linadi. Bosh – ko’krak o’zaro harakatsiz birikkan ikki: oldingi va orqa qisimdan iborat. Bir - biri bilan birikkan joyida egilgan ingichka chuqur chiziqi – chok bo’ladi. Bosh bo’limining oldingi qismi uchli tikanga aylangan.
Tikanning yonlaridagi chuqurchalarda harakatchan poyachalarda ko’zlari joylashgan, oldingi tamonida esa ingichka va juda harakatchan ikki juft mo’ylovi bor. Bu sezgi organlaridir.
Qisqichbaqa og’iz teshigining ikki yonida shakli o’zgargan olti juft oyoqlari – og’iz organlari bo’ladi. Ularning oldingi jufti yuqorigi jag’, ikkinchi va uchinchi jufti pastki jag’ deb ataladi. Bulardan keyin uch juft jag’oyoqlari bo’ladi. Qisqichbaqa qisqichi yordamida o’ljani tutadi, uni bo’laklarga ajratadi va og’ziga olib keladi, jag’oyoqlari bilan ovqatni tutib turib, jag’lari bilan maydalaydi.
Qisqichbaqaning bo’g’imli besh juft oyoq’i bor. Birinchi juft oyoq’i eng katta, uchida rivojlangan qisqichi bo’ladi. Bu qisqichbaqaning himoyalanadigan, hujum qiladigan va oziq tutadigan organidir. Keyingi to’rt juft oyoqlari kalta va ingichka bo’lib, yurishga xizmat qiladi.
Qorin bir-biriga harakatchan birikkan oltita bo’g’imdan iborat bo’lib, uchida beshta plastinkasi bo’lgan dum suzgichi bilan tamomlanadi. Qornining ostki tomonida to’rt juft qorin suzgich oyoqlari bor. Ko’krak oyoqlari yordamida qisqichbaqa suv ostida boshini oldinga qilib harakatlanadi. Ammo u dum tomoni bilan oldinga qarab suzadi, bundan qorinchasini o’z ostiga tez-tez egib, suzgich dumi bilan suvni itaradi. Qisqichbaqalarning urg’ochisi tashqi tomondan erkagidan farq qiladi. Urg’ochisining qorni bosh – ko’kragidan ancha ensiz bo’ladi. Qish oxirida urg’ochi qisqichbaqa tuxum qo’yadi.
Tuxumlari qorinoyoqlariga yopishib oladi. Bu yerda ular rivojlanadi. Yoz boshida tuxumlaridan qisqichbaqachalar chiqadi, ular birinchi 10–12 kun davomida onasining qorni ostida bo’ladi, so’ng mustaqil yashay boshlaydi (Naumov, 1995).
Qisqichbaqalarning xitin po’sti yaxshi kengaymaydi. Shuning uchun yosh qisqichbaqalar bir tekis o’smaydi. Eski po’st o’sayotgan hayvon uchun vaqt - vaqti bilan torlik qilib qoladi, bu vaqtda eski po’sti tanadan ko’chadi, uning ostida yangi po’sti hosil bo’ladi. Bunda qisqichbaqa po’st tashlaydi, ya’ni eski po’sti yorilib, yumshoq, rangsiz po’stli qisqichbaqa chiqadi. Qisqichbaqa tez o’sadi, xitin po’stiga esa ohak singib qotadi. Shundan keyin u yangi po’st tashlaguncha o’sishdan to’xtaydi.

Yüklə 492,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin