Nerv sistemasi va sezgi organlari. Qisqichbaqaning nerv sistemasi ham, xuddi yomg’ir chuvalchanginikiga o’xshash, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Qisqichbaqaning nerv tugunlari, xususan, halqum usti va halqum osti nerv tugunlari yaxshiroq rivojlangan. Halqum usti nervi tugunidan ko’zlar mo’ylovlarga, halqum osti nerv tugunidan og’iz organlariga, qorin nerv zanjiridan ichki organlarga va oyoqlarga nervlar boradi.
Uzun mo’ylovlari sezgi organlari vazifasini bajaradi. Bu mo’ylovlar yordamida qisqichbaqalar atrofdagi narsalarni paypaslab ko’radi. Kalta mo’ylovlari asosida muvozanat va eshitish organlari joylashgan (Naumov, 1995).
Ko’rish organlari - qavarib chiqqan ko’zlari harakatchan poyachaga joylashgan. Bu holat qisqichbaqaga har tomonga qarash imkonini beradi. Qisqichbaqaning kõzlari bir to’p ayrim–ayrim ko’zchalardan iborat bo’lgan murakkab ko’zdir.
7.2. Daryo qisqichbaqasi tanasining bo’g’imlarga bo’linishini, ovqat hazim qilish, nafas olish sistemalarini sxemadan aniqlashni o’rganish.
Qisqichbaqaning bo’g’imlarga bo’linishini o’rganish uchun daryo qisqichbaqasi tanasining bo’g’imlarga bo’linishi sxemasidan foydalaniladi. Unda qisqichbaqaning dumsuzgich qanotlari, qorin qismi, bosh kõkrak, yurish oyoqlari, qisqichi, kalta mo’ylovlari uzun mo’ylovlari daftarga chizib olinadi 4 - rasmdan foydalaniladi. Bir bo’lak kartonga bosh ko’krak bo’lagini, qorin bo’g’imlari va dum suzgich qanotlari ojratib olinib yopishtiriladi. Bular yoniga og’iz apparatini, ko’krak va qorinoyoqlarini tegishli tartibda yopishtirib qo’yiladi, skeletining hamma qismlari nomini yozib qo’ying.
5 va 6-rasimlarda keltirilgan qisqichbaqaning ovqat hazim qilish, qon aylanish, nafas olish sistemalarini daftarga chizib olib sxemada berilganlari o’rganib chiqiladi. Natijalar amaliyot daftariga qayd qilinadi.
4-rasm. Daryo qisqichbaqasi tanasining bo’g’imlarga bo’linishi.Sxemasi(Buxovskiy va b. 1989).
5-rasm. Qisqichbaqaning ovqat hazm qilish sistemalari. Sxema. (Buxovskiy va b. 1989).