Rahimboyeva Dilnura
Mavzu: ovqat hazim qilish va ovqatlanishning yoshga oid fizologiyasi va gigeyenasiReja:
1. Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi.
2. Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari.
3. Organizmda modda almashinuvi.
4. Ovqatlanish gigiyenasi.
Tayanch tushunchalar: Sut tishlar, oshqozon, jigar, so’rilish, moddalar almashinuvi, oqsil, uglevodlar, vitamin.
Odam hayot faoliyatini saqlashi, mehnat qilishi, o‘sib, rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mehanik maydalanadi, kimyoviy parchalanadi, suriladi.
Odamning hazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo‘lib, devori uch qavatdan: ichki shilliq, o‘rta-muskul, tashqi-seroz qavatlaridan tuzilgan. Ovqat hazm qilish kanaliga: og‘iz bo‘shlig‘i va undagi organlar xalqum, qizilo‘ngach, oshqozon, ingichka va yo‘g‘on ichaklar, yirik bezlardan jigar, me’da osti bezi kiradi.
Ovqatning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i dahlizi va haqiqiy og‘iz bo‘shlig‘idan tashkil topgan bo‘lib, bu yerda ovqat tishlar yordamida mehanik maydalanadi, so‘lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so‘lak yordamida qisman kimyo parchalanadi.
Og’iz bo’shlig’i bezlariga (glandulae oris) naychalari og’iz bo’shlig’iga ochiladigan katta va kichik so’lak bezlari kiradi. Kichik so’lak bezlari og’iz bo’shlig’i shilliq pardasida yoki shilliq osti asosida joylashib kattaligi 1-5 mm bo’ladi. Joylashgan joyiga qarab lab bezlari (glandulae labiales), lunj bezlari (glandulae buccales), tanglay bezlari (glandulae palatinae) va til bezlari (glandulae linguales) tafovut qilinadi.
Ishlab chiqargan suyuqligi tarkibiga qarab so’lak bezlari seroz, shilliq va aralash bezlarga bo’linadi. Seroz bezlar (til bezlari) oqsilga boy suyuqlik, shilliq bezlari (tanglay bezlari) shilliq, aralash bezlar (lab, lunj bezlari) aralash suyuqlik ishlab chiqaradi.
So’lak bezlari birlamchi og’iz bo’shlig’ini qoplagan ektoderma epiteliyidan rivojlanadi. Og’iz bo’shlig’i yon devori epiteliyi o’sib mayda lunj so’lak bezlarini, yuqori devori epiteliyi tanglay, lab sohasi epiteliyi esa lab bezlarini hosil qiladi.
Katta so’lak bezlariga quloq oldi, jag’ osti va til osti so’lak bezlari kirib, ular og’iz bo’shlig’idan tashqarida joylashsada, naylari og’iz bo’shlig’iga ochiladi.
Quloq oldi bezi (glandula parotoidea) seroz suyuqlik ishlab chiqaruvchi bez bo’lib, og’irligi 20-30 g. U eng katta so’lak bezi bo’lib, noto’g’ri shaklga ega. Quloq oldi bezi quloq suprasini oldida va pastida, pastki jag’ suyagi shohining tashqi yuzasida joylashib, qisman chaynov mushagini yopib turadi. Uni tashqi tomondan fastsiya va teri qoplagan. Yuqorida bez yonoq ravog’igacha borsa, pastda pastki jag’ burchagigacha tushadi1.
Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining hujayralari vujudga kela boshlaydi. Bolaning 6-8 oyligidan boshlab, sut tishlari chiqa boshlaydi. Avval 6 oylikdan kesuvchi so‘ng sut tishlari, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut tishlari 20 ta bo‘ladi: 2ta kesuvchi, 1ta qoziq, 2 ta kichik oziq tishlari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o‘rin almashinadi. Bolaning 7 yoshida birinchi katta oziq tishi, 8 yoshida 1nchi kesuvchi tishi, 9 yoshida 2 chi kesuvchi, 10 yoshda 1 chi kichik oziq tishi, 13-16 yoshida katta og‘iz tishi, 11-15 yoshida 2 chi oziq tishlar; 18-20 yoshida 3 nchi oziq tishlar chiqadi. Bolalarning sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinish davrida tishlarni parvarish qilishni o‘rgatish lozim. Uxlashdan avval tishlarni chutka va poroshok bilan tozalash, ovqatlangandan so‘ng og‘izni iliq sovuq suv bilan chayqash zarur. Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilishi, tishi bilan qattiq narsalarni maydalashi mumkin emas.
Oshqozon ovqat hazm qilish kanalining kengaygan qismi hisoblanib, katta odamlarda noksimon shaklida bo‘ladi. Oshqozonning kirish va chiqish qismlari, tubi, katta, kichik aylanalari ajratiladi, Oshqozonning kirish va chiqish qismlari muskullardan tuzilgan bo‘lib, sfinkter deb yuritiladi. Oshqozon ham boshqa hazm kanallari singari shillik, muskul, seroz qavatlaridan tuzilgan bo‘ladi. Oshqozon shilliq qavatining ostida 14 mln. oshqozon bezlari joylashgan bo‘ladi. Oshqozon muskullari qisqargan vaqtda ovqat aralashadi. Oshqozonning hajmi katta odamlarda o‘rta hisobda 2,5-3 dm3 etadi. Ularda bir sutkada 1,5-2 dm3 oshqozon shirasi ishlab chiqariladi. Oshqozon shirasining 99% suv, 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat. Oshqozon shirasi kislotik xususiyatga ega bo‘lib, tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota saqlanadi. RN-2,5 teng. Oshqozon bezlarida shilliq modda ham ishlab chiqariladi. Bu modda shillik qavatni turli kimyoviy, mehanik ta’sirlardan saqlaydi.
Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning hajmi ham o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilganlarda – 30-45smZ bo’lsa, 10-12 yoshda 1500sm3 bo‘ladi. Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning shakli ham o‘zgarib boradi. 2 yoshgacha oshqozon nok shaklida bo‘lsa, 7 yoshda retorta kolba shaklida bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |