Guliston davlat universiteti akvakultura fanidan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 492,6 Kb.
səhifə31/33
tarix21.12.2023
ölçüsü492,6 Kb.
#188161
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
portal.guldu.uz-Аквакультура

Oziqlanishi. Suv shiliqqurti suv o’simliklari bilan oziqlanadi. Uning halqumida muskulli tili bor, u qattiq tishchalar bilan qoplangan. Suv shiliqqurti vaqt-vaqti bilan tilini tashqariga chiqarib, u bilan qirg’ich singari, o’simlikning yumshoq qismini qiradi va uni yutib yuboradi. Oziq halqum va qizilo’ngach orqali oshqozonga, so’ngra ichakka o’tadi. Uning ichagi gavdasi ichida sirtmoqsimon buraladi va o’ng tomonida, mantiya chetida anal teshigi bilan tugaydi. Ilgari o’rganilgan hayvonlardan farq qilib, suv shiliqqurtida ovqat hazm qilish bezi - jigar bo’ladi, uning hujayralari ovqat hazm qilish shirasi ishlab chiqaradi. Shunday qilib, suv shiliqqurtining ovqat hazm qilish sistemasi yomg’ir chuvalchanginikiga qaraganda ancha murakkab tuzilgan bo’ladi.
Nafas olishi. Suv shiliqqurti suvda yashasada, havo kislorodi bilan nafas oladi. Nafas olish uchun u suv yuziga ko’tariladi va tanasining o’ng tomonidagi chig’anog’i chetidagi yumaloq nafas olish teshigini ochadi. U mantiyaning maxsus xaltachasi - o’pka bilan tutashadi. O’pka devorida juda ko’p qon tomirlari bo’ladi. Bu yerda qon kislorod bilan to’yinadi va undagi karbonat angidrid chiqib ketadi. Mollyuska nafas olish uchun bir soatda 7-9 marta suv yuziga ko’tariladi.
Qon aylanishi. O’pka yonida ikki kamera (yurak bo’lmasi va yurak qorinchasi)dan iborat muskulli yurak bo’ladi. Kameralar devori galma-gal (minutiga 20-30 marta) qisqarib, qonni tomirlarga haydab turadi. Yirik qon tomirlari mayda kapillyarlarga aylanadi, ulardan qon organlar oralig’idagi bo’shliqqa quyiladi. Shunday qilib, yomg’ir chuvalchangidan farq qilib, mollyuskaning qon aylanish sistemasi ochiq bo’ladi, chunki u tana bo’shlig’i bilan tutashadi va qon hamma vaqt tomirlar orqali oqavermaydi. Qon tana bo’shlig’idan o’pkaga keladigan tomirlarga yig’iladi, kislorodga to’yinadi va yurak bo’lmasiga quyiladi. Suv shiliqqurtining qoni rangsiz bo’ladi (Izzatullayev, 2005).
Ayirishi. Suv shiliqqurtining faqat bitta ayirish organi - buyragi bo’ladi. Uning tuzilishi anchagina murakkab bo’lsa-da, lekin umuman yomgir chuvalchangi ayirish organining tuzilishiga o’xshaydi.
Nerv sistemasi. Suv shiliqqurti nerv sistemasining asosiy qismini halqum atrofi nerv tugunchalarining to’plami tashkil etadi. Ana shu nerv tugunchalaridan mollyuskaning hamma organlariga - nervlar boradi.
Ko’payishi. Suv shiliqqurtlari germafrodit hayvonlardir. Ular tiniq shilimshiq tizimcha ichiga tizilgan juda ko’p tuxum qo’yadi, bu tizimchalar suv osti o’tlariga chirmashib yotadi. Tuxumdan yupqa chig’anoqli yosh-mayda mollyuskalar chiqadi (Izzatullayev, 2007).
Dengizda va quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar. Qorinoyoqli mollyuskalar orasida dengiz mollyuskalari chig’anog’ining chiroyliligi bilan ajralib turadi. Quruqlikda chig’anoqsiz shiliqqurtlar yashaydi, ulardan shilliq modda ajralganligi tufayli bu mollyuskalar shiliqqurt deb atalgan. Ularda chig’anoq bo’lmaydi. Shiliqqurtlar nam joylarda yashaydi va o’simliklar bilan oziqlanadi.


Yüklə 492,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin