228
joylashgan Layer 1 ni 10-kadrgacha uzaytiramiz (F5 tugmasi orqali). Doirani
belgilab Modify-Convert to Symbol-Button-OK amalini bajaramiz.
Properties
oynasini faollashtirib
bo‘limiga enter_btn so‘zini kiritamiz. Keyin
esa Timeline oynasiga o‘tib Layer 2 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda “tugma”
so‘zini oq rangda hosil qilamiz (so‘z doiraning chap tomoniga joylashadi). So‘zni
belgilab Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. 1-kadrni
belgilab 10-kadrgacha uzaytiramiz, 10-kadrni belgilab F6
tugmasini bosamiz va
“tugma” so‘zining rangini qoraga (rang ihtiyoriy tanlanadi) o‘zgartiramiz. 1-kadrni
belgilab kontekstli menyuni chaqiramiz va Create Motion Tween ni tanlaymiz.
Natijada “tugma” so‘zining rangi avtomatik tarzda oqdan qoraga o‘zgaradigan
holatga o‘tadi.
Timeline oynasiga o‘tib Layer 3 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda 3 ta bo‘sh kadr
yaratamiz(1-kadr belgilanib F5 tudmasi 2 marotaba bosiladi). 4-kadrga o‘tib F6
tugmasi bosiladi va ishchi oynada “tugma” so‘zining ostiga doiraga qadar chiziq
chizamiz. Chiziqni belgilab olib Modify-Convert
to Symbol-Movie Clip-OK
amalini bajaramiz. Ketma-ket 4-kadrdan boshlab 10kadrgacha 7 ta kadr yaratamiz.
5-,7- va 9- kadrlardan chiziqni o‘chirib tashlaymiz. Buning uchun kerakli kadrni
belgilab Delete tugmasini bosamiz. Natijada chiziq “lippillovchi” holatga keladi.
Ishchi oynaning bo‘sh joyiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marotaba bosamiz.
Natijada Timeline oynasida faqat Layer 1 paydo bo‘ladi. Ishchi sohadagi obyektni
belgilab Actions oynasiga o‘tamiz. Actions oynasining
ishchi sohasiga quyidagi
dastur kodini kiritamiz.
onClipEvent (enterFrame) {
if (go) {nextFrame();} else { prevFrame(); } }
onClipEvent (load) { var go; stop();
enter_btn.onRollOver = function() { go = true; };
enter_btn.onRollOut = function() {go = false; }; }
Hosil bo‘lgan animatsiyani Ctrl+Enter tugmalarini bosgan holda ko‘rishimiz
mumkin.
Macromedia Flash dasturida audio fayllar bilan ishlash
Macromedia Flash dasturi mp3, wav, aif va au kengaytmali audio fayllarni qo`llab
quvvatlaydi. Audio fayllardan Flash dasturining
Button va Movie Clip
obyektlarida, animatsiya yaratish jarayonida hamda elektron ta’lim resurslari va
o`yinlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Elektron ta’lim
resurslarini
yaratishda audio fayllardan foydalanish ta’lim resurslariga bo`lgan qiziqishlarni
oshiradi. Foydalanuvchilarning etiborini jalb qiladi.
Quyida audio fayllardan