Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi


Ўқув курслар яратиш дастурий



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/145
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179513
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   145
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g

 
Ўқув курслар яратиш дастурий 
воситалари

 


chilar zimmasiga esa faqat qattiq disk va kompakt diklarni yozish uchun tayyor 
loyihalarni shakllantirish vazifasi qoladi. 
2008-yilning 12-martida Indigo Rose Corparition kompaniyasi AutoPlay 
Media Studio 7.1.1007.0 versiyasini iste’molga chiqardi. 
Dastur foydalanuvchilarga obektlarni o’zaro bog„lashni amalga oshirishga 
yordam beradigan yuzlab vositalarni taqdim eta oladi. 
AutoPlay Media Studio dasturi muhitida Visual Basic, Visual CQQ, Java, 
Macromedia Flash kabi qator tizimlarda yaratilgan hujjatlarni ham bemalol qayta 
ishlash mumkin [11]. 
Dastur yordamida animatsiyalanuvchi menyuni, kataloglar daraxtini, ma’lu- 
motlar bazasini va shunga o’xshash obektlarni nafaqat tez yaratish, balki ularni 
boshqarish ham mumkin. 
Avtomatik ishga tushuvchi oynalarni o’zining kutubxonasidagi “niqob”lar- 
dan foydalangan holda ixtiyoriy shaklda (formada) yaratish mumkin. Bunday 
“niqob” sifatida .jpg, .bmp va .png kabi formatdagi fayllardan foydalanilsa ham 
bo’ladi. 
Qolaversa, ma’lumotlarni CD uchun tayyorlagan holda uni dasturning 
o’zidan turib, CD yoki DVDga yoza olishi AutoPlay Media Studio dasturi naqadar 
keng imkoniyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi. 
Tayyor loyiha bunda .exe kengaytmali fayl sifatida o’zi ochiluvchi arxiv 
ko’rinishda yoki qattiq diskdagi alohida papkada shakllantirilishi mumkin. 
Bundan tashqari, dasturga matnni orfografik tekshirish imkoniyati ham 
kiritilgan. Dasturning bu xossasi uning Label, Paragraph va Button kabi obektlari 
bilan birga ishlaydi. Agar dastur kompyuterga to’liq versiya bilan o’rnatilgan 
bo’lsa, matnni orfografik tekshirish uchun uning kutubxonasida juda katta 
hajmdagi lug„atlar bo’lishi mumkin. 
Shunday qilib, AutoPlay Media Studio 7.0 ning yangi versiyasi quyidagi 
imkoniyatlarga ega holda iste’molga chiqarilgan [5]: 
1.
Avtomatik ishga tushuvchi xususiy menyu, interfaol taqdimotlar, multi- 
media-ilovalar, sanoqli daqiqalarda dasturiy ta’minotlarni yaratish; 
2.
Loyihaga turli-tuman fotografiya, musiqa, video, animatsiya, matn va 
boshqalarni biriktira olish xususiyati; 
3.
WEB-ilova yaratishga mo’ljallangan mukammallashgan instrumentlar; 
4.
XML, SQL va shifrlash mexanizmlari bilan ishlay olishi; 
5.
RTF-formatli hujjatlar bilan ishlay olishi; 
6.
Slayd-shou bilan ishlash imkoniyati; 
7.
Matn rangini o’zgartirish uchun RadioButton obektining mavjudligi; 
8.
Bosmaga chiqarishning kengaytirilgan funksiyasi; 
9.
Obektlarni formatlash imkoniyati; 


10.
Kalit so’zlar yordamida qidiruv tizimining mavjudligi; 
11.
CD, DVD kabi kompakt disklarga yozish imkoniyati va hokazo. 
AutoPlay Media Studio ishga tushirilgach, avvalo loyiha bilan bogliq bir 
nechta buyruqlarni o’z ichiga oluvchi muloqot oynasi yuzaga keladi (1-
rasm): 
1-rasm.AutoPlay dasturining ishga tushirilishi
 
Bu muloqot oynasida quyidagi to’rtta taklif ilgari surilgan bo’ladi: 
1)
Create a new project (Yangfi loyiha yaratish); 
2)
Open an existing project (Yaratilgan loyihalardan birini ochish); 
3)
Restore last open project (Oxirgi ishlangan loyihani ochish); 
4)
Exit AutoPlay Media Studio (Dasturdan chiqish). 
Agar AutoPlay Media Studioning ruscha varianti o’rnatilgan bo’lsa, u holda 
taklif rus tilida, inglizcha varianti o’rnatilgan bo’lsa, u holda taklif ingliz tilida 
bo’ladi. 
AutoPlay har bir buyruq tugmasi funksiyasi va unga mos Scriptlar uchun 
tayyor kodlar to’plamini ham taqdim etadi. Bu tayyor kodlardan qulayroq 
foydalanish uchun dasturning ingliz tilidagi varianti bilan ishlagan ma’qul. 
Shunday qilib, yuqoridagi taklifga binoan biz “Creat a new project” 
bandini tanlasak, u holda bir nechta yangi loyiha shablonlarini taklif etishdan 


iborat quyi- dagi muloqot oynasi yuzaga keladi (2-rasm): 
1-
 
rasm. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin