155
Dastur natijasi
Yaratilgan loyihani ilova ko‘rinishida kompyuter
xotirasiga saqlash uchun
“File” menyusi “Publish Settings...” bo‘limini tanlaymiz. Hosil bo‘lgan “Publish
Settings” oynasining “Formats” bandida “Windows Projector” ni belgilab
“Publish” tugmasini bosamiz. “OK” tugmasini bosib oynadan chiqamiz.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Flash boshqa dasturiy vositalardan
o‘zining universalligi, kompaktliligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi.
Flashda interaktiv tugma yaratish
Flash dasturi yordamida interaktiv tugma yaratish uchun dasturni ishga tushiramiz
va Layer 1 qatlamida oq fon rangli ishchi oynada ihtiyoriy
rangda doira hosil
qilamiz va uni belgilab olib Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini
bajaramiz. Natijada obyekt Movie Clip holatiga o‘tadi. Obyektning ustiga
sichqonchaning chap tugmasini 2 marotaba bosamiz. Timeline oynasiga o‘tib doira
joylashgan Layer 1 ni 10-kadrgacha uzaytiramiz (F5 tugmasi orqali). Doirani
belgilab Modify-Convert to Symbol-Button-OK amalini bajaramiz.
Properties
oynasini faollashtirib
bo‘limiga enter_btn so‘zini kiritamiz. Keyin
esa Timeline oynasiga o‘tib Layer 2 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda “tugma”
so‘zini oq rangda hosil qilamiz (so‘z doiraning chap tomoniga joylashadi). So‘zni
belgilab Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. 1-kadrni
belgilab 10-kadrgacha uzaytiramiz, 10-kadrni belgilab F6 tugmasini bosamiz va
“tugma” so‘zining rangini qoraga (rang ihtiyoriy tanlanadi) o‘zgartiramiz. 1-kadrni
belgilab kontekstli menyuni chaqiramiz va Create Motion Tween ni tanlaymiz.
Natijada “tugma” so‘zining rangi avtomatik tarzda oqdan qoraga o‘zgaradigan
holatga o‘tadi.
Timeline oynasiga o‘tib Layer 3 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda 3 ta bo‘sh kadr
yaratamiz(1-kadr belgilanib F5 tudmasi 2 marotaba bosiladi). 4-kadrga o‘tib F6
tugmasi bosiladi va ishchi oynada “tugma” so‘zining
ostiga doiraga qadar chiziq
chizamiz. Chiziqni belgilab olib Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK
amalini bajaramiz. Ketma-ket 4-kadrdan boshlab 10kadrgacha 7 ta kadr yaratamiz.
5-,7- va 9- kadrlardan chiziqni o‘chirib tashlaymiz. Buning uchun kerakli kadrni
belgilab Delete tugmasini bosamiz. Natijada chiziq “lippillovchi” holatga keladi.
156
Ishchi oynaning bo‘sh joyiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marotaba bosamiz.
Natijada
Timeline oynasida faqat Layer 1 paydo bo‘ladi. Ishchi sohadagi obyektni belgilab
Actions oynasiga o‘tamiz. Actions oynasining ishchi
sohasiga quyidagi dastur
kodini kiritamiz.
onClipEvent (enterFrame) {
if (go) {nextFrame();} else { prevFrame(); } }
onClipEvent (load) { var go; stop();
enter_btn.onRollOver = function() { go = true; };
enter_btn.onRollOut = function() {go = false; }; }
Hosil bo‘lgan animatsiyani Ctrl+Enter tugmalarini bosgan holda ko‘rishimiz
mumkin.
Macromedia Flash dasturida audio fayllar bilan ishlash
Macromedia Flash dasturi mp3, wav, aif va au kengaytmali audio fayllarni qo`llab
quvvatlaydi. Audio fayllardan Flash dasturining Button va Movie Clip
obyektlarida, animatsiya yaratish jarayonida hamda elektron ta’lim
resurslari va
o`yinlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Elektron ta’lim resurslarini
yaratishda audio fayllardan foydalanish ta’lim resurslariga bo`lgan qiziqishlarni
oshiradi. Foydalanuvchilarning etiborini jalb qiladi.
Quyida audio fayllardan
foydalanib bir nechta mashqlar bajaramiz.
Dostları ilə paylaş: