1.2.
Plaginlar va ulardan foydalanish
Yuqorida qayd etib o’tilgan obektlar faqat konstruktorlik tizimida qo’llani- ladigan
obektlar bo’lib, ulardan tashqari plaginlar asosida foydalaniladigan obektlar ham
mavjud. Masalan, Dastur oynasidagi “Object” menyusining “Plugins
Calendar”, “Data Grid”, “Media Plaer”, “Shape”, “Slider”, “ThumbList” va “WinButton
” bandiga murojaat qilib, “Plugins
Calendar”, “Data Grid”, “Media Plaer”, “Shape”, “Slider”, “ThumbList” va “WinButton
” kabi obektlardan ham foydalanish mumkin (5-rasm):
4-
rasm. “Object" menyusidan plaginlarni tanlash
Mazkur
plaginlar “AutoPlay Media Studio 7.1.1000.0” dasturi bilan birga o’rnatiladigan
standart plaginlar bo’lib, zarur bo’lsa boshqa plaginlarni “Plugins” ichki
menyusidagi “More Plagins...” bandiga murojaat qilib, On-line rejimda
Intemetdan yuklab olish ham mumkin. Standart plaginlaming ko’rinishi 6-rasmda
ko’rsatilgan [5]:
5-
rasm. Plaginlar va ularning sahifadagi ko „rinishi
Bunday plaginlar standart obektlardan tashqari sahifada etishmayotgan
obektlar o’rnini to’ldirib turadi.
Plaginlardan foydalanishning boshqa ajoyib xususiyatlari ham mavjud.
Masalan, AutoPlay galeriyasidagi standart buyruq tugmalarini klavishli boshqarish
imkoniyati yo„q. Xususan, WinButton nomli plaginni qo’llash va unga mos ssenariy
yozish asosida WinButton obektiga SetFocus ni o’rnatishimiz va sahifani klavishli
boshqarishimiz mumkin.
Plaginlar nafaqat obektlar sifatida, balki Project, ya’ni loyihaning o’zi uchun
qo’shimcha ravishda Action (ya’ni harakat) hodisalari sifatida ham taqdim etiladi.
|