funksiyalar albatta standart 10 ta funksiyalardan biri bo’lishi shart Script xossasiga
binoan esa bitta buyruq tugmasiga bir vaqtda bir nechta
funksiyalarni biriktirish
mumkin. Bunda funksiyalar soni 10 tadan ko’ra ko’proq songa ega. Script quyidagi
hodisalar uchun yoziladi:
■
On Click (sichqoncha chap tugmasi bir marta bosib qo’yib
yuborilgandagi holat);
■
On Right Click (sichqoncha o’ng tugmasi bir marta bosib qo’yib
yuborilgandagi holat);
■
On enter (klaviaturadagi enter tugmasi bosilgandagi holat);
■
On Leave (sichqoncha ko’rsatkichi obekt ustiga keltirilganda ro’y
beradigan holat).
Buyruq tugmalari grafik turda bo’lganligi uchun loyiha kutubxonasida mavjud
bo’lgan standart buyruq tugmalaridan tashqari foydalanuvchi
didiga mos istalgan
dizayndagi buyruq tugmalarini yangidan yaratish mumkin.
Buning uchun AutoPlay
dastur oynasidagi “Tools” menyusining “Button Maker”
bandiga murojaat qilish
etarli. Natijada “Untitled - AutoPlay Media Studio Button Maker” sarlavhali
muloqot
oynasi yuzaga keladi (4-rasm).
Ushbu muloqot oynasi quyidagi tuzilmaga ega [5]:
1)
sarlavha satri;
2)
instrumentlar paneli satri;
3)
buyruq tugma hodisalari uchun asosiy ishchi panellar;
4)
xossalar paneli;
5)
rasm paneli;
6)
rasmni taxminiy ko’rish paneli;
7)
holat satri.
Bu muloqot oynasida asosiy e’tibor tugmaning hodisalar paneliga qaratiladi.
Unda tugmaning “Up Normal”, “Up Highlight”, “Up Disabled”, “Down Normal”,
“Down Highlight”, “Down Disabled”kabi hodisalari
uchun alohida rangdagi
tugmalar, rasmlar va yozuvlar tanlanadi.
3-
rasm. “Button Maker " muloqot oynasining tuzilishi
Bu muloqot
oynasi
orqali asosan
.btn
kengaytmali fayllar bilan ish ko’riladi.
Bunday
kengaytmali fayllar “Button Maker” utilitasining o’zi yordamida yaratiladi. Unda har
qanday ko’rinishdagi buyruq tugmalarini foydalanuvchi ixtiyoriga ko’ra istalgancha
o’zgartirish mumkin. Bunday o’zgartirish ishlari asosan
xossalar paneli orqali
amalga oshiriladi. Amalga oshirilgan barcha o’zgartirishlarni “Images Panel” yoki
“Preview Panel” muloqot oynalarida kuzatib borish mumkin. “Preview Panel”da
yaratilgan natijaviy buyruq tugmasini taxminiy ishlatib ko’rsa ham bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: