bildiradiki, Xotirada har 1,92 ms (128Ch15 mks) da barcha ma’lumotlar satrini
regeneratsiya qilish uchun o‘qib chiqiladi. Xotirani regeneratsiya qilish
protsessorni vaqtini har bir regeneratsiya sikli davomiyligi bo‘yicha bir nechta
markaziy protsessor vaqtini egallaydi. Eski kompyuterlarda regeneratsiya
sikllari protsessor vaqtini 10% gacha egalaydi,
xozirgi zamonaviy
kompyuterlarda esa bu jarayon 1% vaqtni egallaydi xolos. Birqancha tizimlarda
regeneratsiya parametrlarini CMOS parametrlari dasturlari o‘rnatilishi
yordamida o‘zgartirilishi mumkin, ammo regeneratsiya sikllari orasida vaqtni
chuzilishi xotiraning ba’zi katakchalarida zaryad “yo‘qotiladi”, bu xotirani
buzilishiga olib keladi. Ko‘pgina hollarda o‘z-o‘zidan beriradigan regeneratsiya
chastotalari
ishonchlilik
nuqtai-nazaridan
taklif
etiladi.
Zamonaviy
kompyuterlarda regeneratsiyaga sarf 1% dan kichik bo‘lib, regeneratsiya
chastotasining o‘zgarishi kompyuter sifatiga juda kam ta’sir o‘kazadi. DRAM
qurilmalarida bir bitni saqlash uchun faqat
bitta tranzistor va juft
kondensatorlardan foydalaniladi, shuning ucun ilar boshqa tiplarga qaraganda
birmuncha sig‘diruvchan bo‘ladi. Xozirgi vaqtda 256 Mbit gacha va undan
yo‘qori hajmli dinamik operativ xotirali mikrosxemalar mavjud. Shu kabi
mikrosxemalar 256 mln. (va undan ortiq) tranzictorlarni o‘zida jam etadi!
Pentium II 7,5 mln tranzistorlarga ega. Bunday
katta farq qayerdain kelib
chiqdi? Gap shundaki, xotira mikrosxemalari odatda kvadrat tugunlar shaklida,
protsessordan farqli ravishda (protsessorlarda turli ko‘rinishdagi murakkab
sxemalar, noaniq tashkil etilgan) barcha tranzistorlar va kondensatorlar juda
oddiy, davriy ravishda ketma-ket joylashadi.
Bir razryadli DRAM registrlari uchun tranziatorlar qo‘shni joylashgan
kondensatorlarning holatini o‘qish uchun ishlatiladi. Agar kondensator
zaryadlangan bo‘lsa, katakchaga 1
yoziladi; agar zaryadlanmagan bo‘lsa 0
yoziladi. Zaryadlar mitti kondensatorarda har doim o‘tib turadi, shuning uchun
doimiy ravishda regeneratsiya qilib boriladi. Manba’ uzatishda oniy bo‘linish
ham regeneratsiya siklarini buzilishiga, DRAM katakchalaridagi zaryadni
yo‘qolishiga o‘z navbatida ma’lumotlarni yo‘qolishiga olib keladi. Dinamik
operativ xotira shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladi;
chunki u unchalik qimmat
o‘lmay mikrosxemalarini zich joylashishi xotira qurilmasining kichik
maydonni egallashini ta’minlaydi. Bu xotira yo‘qori tezlikli xotiralardan kam
farq qilib, “sekin” protsessorlarga mo‘ljallangan. Shuning uchun DRAM
sifatlarini yaxshilashning juda ko‘p tipdagi usullari mavjud.
Dostları ilə paylaş: