Guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/145
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179513
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g



o

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI
U.Jurayev, S.Islikov, Sh.Mavlonov 
 
Guliston – 2019 


o

1-amaliy mashg‘ulot.Dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, 
interfeys tushunchasi, uning turlari. 
Kompyuter ikkita ajralmas qismdan tashkil topgan bo‘ladi: apparat ta'minoti 
(
hardaware
) va dasturiy ta'minot (
software
). Ular o‘zaro bog‘langan holda yagona 
uyg‘unlikda ishlaydi va muayyan vazifalarni bajaradi.
Kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiradigan va turli vazifalar bajarishini 
ta'minlaydigan vosita bu albatta dasturiy ta'minotdir. Dasturiy ta'minot odatda 
kompyuterning qattiq diskida saqlanadi va kompyuter yoqilishi bilan maxsus dastur 

operasion sistema
ishga tushadi.
Dasturiy ta'minot ikkita asosiy guruhga bo‘linadi:
1.
 
Sistema dasturiy ta'minoti 
2.
 
Amaliy dasturiy ta'minot 
Sistema dasturiy ta'minotga odatda operasion sistema 
va qobiqlar, qo‘shimcha dasturiy ta'minotga ega yordamchi vazifalarni bajaradigan 
har xil dastur va dasturiy majmualar kiradi (masalan, matn muharriri, elektron 
jadval, grafik dasturlar va hokazo). Bundan tashqari, dasturiy ta'minot tarqatilishi 
va targ‘ib qilinishi bo‘yicha quyidagi 3 ta turga ajratiladi:
-
Software
- qiymati 100% to‘langanidan keyin o‘rnatilib, foydalaniladigan 
dasturiy ta'minot.
-
Shareware
- aprobasiya, ya'ni sinovdan o‘tkazish muddatiga ega bo‘lgan 
(odatda 7 kundan 40 kungacha, yoki bir necha bor kirib ishlashga) yoki imkoniyatlari 
cheklangan dasturiy ta'minot. Undan foydalanib, zarurligi aniqlanganidan keyin xarid 
qilish mumkin.
-
Freeware
- mutlaqo bepul dasturiy ta'minot. Aksariyat hollarda reklama 
sifatida yoki dasturchilarning ilk ishlanmalari tarqatiladi.
Kompyuterga dasturiy ta'minotni o‘rnatish jarayoni installyasiya deyiladi, uni 
o‘chirish esa deinstallyasiya deb ataladi. Biror bir dasturiy ta'minotni o‘rnatishdan 
oldin sistema talablarini, ya'ni kompyuterga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqib, 
mosligini aniqlash lozim. Agarda kompyuterning konfigurasiyasi dasturning 
sistemaga bo‘lgan talablariga javob bermasa, u holda mazkur dastur ishlamaydi 
yoki noto‘g‘ri ishlaydi.
Dasturiy ta'minotni o‘rnatishga mo‘ljallangan nusxasi odatda zich holatdagi 
majmua shakliga ega bo‘lib distributiv deb nomlanadi. Distributiv aksariyat 
hollarda kompakt-diskda joylashgan bo‘ladi, lekin zarurat tug‘ilsa, uning nusxasini 
qattiq disk yoki boshqa ma'lumot saqlash vositasiga ko‘chirish mumkin.
Har bitta distributiv lisenzion shartnoma (yoki kelishuv)ga ega bo‘lib, 
o‘rnatish uchun zarur bo‘ladigan maxsus kalit yoki maxfiy parolga ega bo‘ladi (cd-
key). Mazkur parol yoki kalit kiritilmaguncha dasturiy ta'minotni o‘rnatib 
bo‘lmaydi. hokazo.


o


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin