154
qurollar yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Macromedia ishlab
chiqaruvchisining Flash seriyali mahsulotlari bunday muammolarni yechishda juda
qulay va keng imkoniyatlar yaratadi. Flash dasturi ActionScript dasturlash tiliga
asoslangan bo‘lib, bu til dasturlashtirishdan yiroq bo‘lgan foydalanuvchilar uchun
ham tushunishi mumkin bo‘lgan juda oddiy qilib loyihalashtirilgan. Flash dasturida
ActionScript dan foydalanmasdan turib ham oddiy roliklar, chiziqli animatsiyalar
yaratish mumkin, lekin tuzilgan dastur samarali, mukammal va oson boshqarish
mumkin bo‘lishi uchun ActionScript dan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Biz quyida Flashning ActionScript dasturlash tili imkoniyatlaridan
foydalanib kvadrat tenglama ildizlarini aniqlovchi ilova yaratish jarayonini ko‘rib
chiqamiz.
Flash dasturini ishga tushiramiz. Ishchi oynada 1 ta Button va 4 ta TextInput
hosil qilamiz.
TextInputlarni mos ravishda “a”, “b”, “c” va “natija” deb nomlaymiz. Ya’ni
Properties oynasining Instance Name bo‘limiga mos holda yuqoridagi satrlarini
kiritamiz. Text uskunasi yordamida izohlar kiritamiz.
Oynaning umumiy ko‘rinishi Komponentalarni
joylashtirib bo‘ldik. Endi esa dasturlash qismiga o‘tamiz. Button tugmasini
belgilab F9 tugmasini bosamiz. Hosil bo‘lgan Actions-Button oynasiga quyidagi
dastur kodini kiritamiz:
Dostları ilə paylaş: