Obligatsiyaning nominal qiymati 50 000000 so’mni tashkil etadi. Sotib olish narxi 58 000000 so’m. Obligatsiyaning muomala muddati 4 yil. Foiz daromadilar bir yilda ikki marta to’lanadi. Obligatsiya bo’yicha yillik daromad 15% qilib belgilangan.
Yechim Agar obligatsiyaning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha bo’lgan davrda xarid qiymati va nominal qiymat o’rtasidagi farq qismi hisobdan chiqariladi.
Obligatsiyani daromad foizi hisobidan hisobdan chiqariladigan foiz daromadi summasini aniqlang. Bu summa 1 000 000 so’mni tashkil qiladi [(58 000 000 so’m – 50 000 000 so’m) / 8].
Ko’rsatilgan summa obligatsiya bo’yicha foiz daromadi to’langanda har safar hisoblab chiqiladi.
Shunday qilib, hisobdan chiqarilgan summani hisobga olgan holda, obligatsiyaning sotib olish narxi uning nominal qiymatiga egalik qilish muddatining oxiriga etkazilishi kerak.