Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə155/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   524
Guliston davlat

Idish va idishbop materiallar (qutilar, qoplar va boshqalar) tayyor mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, materiallar va boshqa narsalarni qadoqlash, tashish va saqlash uchun foydalaniladi.
Ehtiyot qismlar - mashina, asbob-uskuna va boshqa mehnat vositalarini ta’mirlash uchun ishlatiladi.
Moddiy-ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning asosiy vazifalari:
- TMQ kirimi va foydalanishini o’z vaqtida hujjatlashtirish;
- saqlash joylarida mavjudligi va butligini ta’minlash va moddiy javobgar shaxslar bo’yicha hisob yuritish;
- TMQning mavjudligi, ishlatilishi, ularning harakatini buxgalteriya hisobi registrlarida to’g’ri aks ettirilishini nazorat qilish;
- buxgalteriya hisobi registrlari ma’lumotlari bilan haqiqiy mavjudligini tekshirish uchun saqlash joylarida inventarizatsiya o’tkazish.
4-son BHMS “Tovar-moddiy zahiralar” bo’yicha TMZ bilan bog’liq qo’llaniladigan atamalar:
a) tovar-moddiy zahiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo’lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar;
b) sotishning sof qiymati - tovar-moddiy zahiralarni maqsadiga ko’ra ishlatiladigan holatga keltirish va sotish bo’yicha baholangan xarajatlar chegirilgan holda joriy qiymati;
c) joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo’yicha tovar-moddiy zahiralarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o’rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatni bajarish uchun etarli bo’lgan summa;
d) bevosita xarajatlar - alohida turdagi tovar-moddiy zahiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lgan hamda ularning birligi tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari;
e) bilvosita xarajatlar - bir necha turdagi tovar-moddiy zahiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari, ular muayyan tovar-moddiy zahiralar birliklari tannarxiga bevosita kiritilmaydi, buning oqibatida ular xarajatlar ob’ektlari va ularning birliklari tannarxi o’rtasida hisob-kitob yo’li bilan taqsimlanadi;
f) bo’linish nuqtasi - ishlab chiqarish jarayonining muayyan payti, bu erda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda mahsulotlarning alohida turlari aniq identifikatsiyalanadi;
g) idish - mahsulotlar (tovarlar)ni saqlash, o’rab-joylash va tashish uchun ishlatiladigan buyumni ifoda etuvchi moddiy ob’ekt.
Tovar-moddiy zahiralar tashkilotlarda quyidagilar ko’rinishida bo’lishi mumkin:
a) mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish, ma’muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo’ljallangan xom ashyo va materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg’i, idish va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo’jalik anjomlari, boshqa materiallar zahiralari;
b) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan (boquvga qo’yilmasdan) katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar;
c) detallar, uzellar, buyumlarning tugallanmagan ishlov berilishi va yig’ilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko’rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko’rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo’yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi;
d) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish tsiklining pirovard natijasi – sotish uchun mo’ljallangan va shartnomada yoki qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
e) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatdagi faoliyati davomida qo’shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo’ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar ob’ektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutloq) huquqlar va boshqalar) keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo’lib hisoblanishi mumkin.
Tovar-moddiy zahiralar buxgalteriya hisobining birligi tashkilot tomonidan mustaqil ravishda, ushbu zahiralar to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish hamda ularning mavjudligi va harakati ustidan lozim darajada nazoratni ta’minlash maqsadida belgilanadi. Tovar-moddiy zahiralarning xususiyatlari, ularni xarid qilish va ulardan foydalanish tartibiga bog’liq holda tovar-moddiy zahiralarning birligi nomenklatura raqami, turkum, bir turdagi guruh va hokazo bo’lishi mumkin.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin