Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Korxonada ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə158/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   524
Guliston davlat

Korxonada ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi. Korxonaning o’zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy zahiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zahiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Tovar-moddiy zahiralarning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar bo’yicha guruhlarga ajratiladi:
a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
b) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari, shu jumladan ular bo’yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summalari;
c) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
d) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
Sotish xarajatlari, tashkilotni boshqarish bo’yicha umumiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar va favqulodda zararlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi.
Korxonalarning analitik hisobida materiallarni hisob bahosida yuritish me’yoriy hujjatlar bilan ruxsat etilgan. Hisob bahosi oldindan belgilangan qat’iy narxlarning analitik hisobini bilish uchun zarur bo’lib, hisob narxlari deb ataladi.
Materiallar uchun quyidagi hisob narxlari qo’llanilishi mumkin:
- shartnoma narxi. Bu holda materiallarning haqiqiy tannarxiga kiritiladigan boshqa xarajatlar transport-tayyorlov xarajatlari sifatida alohida hisobga olinadi;
- o’tgan oy bo’yicha materiallarning haqiqiy tannarxi. Bu holda, joriy oy materiallar haqiqiy tannarxi va ularning hisob narxi o’rtasidagi og’ishlar transport-tayyorlov xarajatlari sifatida alohida hisobga olinadi;
- rejali hisob narxlar. Bu holda shartnomaviy narxlarning rejali hisob narxlaridan og’ishi transport-tayyorlov xarajatlari tarkibida alohida hisobga olinadi;
- o’rtacha guruh narxi (yoki o’rtacha tortilgan narxlar). Bunday holda materiallarning haqiqiy tannarxi bilan o’rtacha guruh narxi o’rtasidagi farq transport-tayyorlov xarajatlari tarkibida alohida hisobga olinadi.
Hisob narxlarida hisobot davrida (oy) moddiy zahiralar hisobdan chiqariladi. Analitik hisobning bunday tuzilishi hisobot davrida buxgalteriya bo’limida sotib olingan materiallarning faqat hisob qiymati ma’lumotlari mavjudligi bilan izohlanadi. Oyning oxirida buxgalteriya materiallarning haqiqiy qiymatini aniqlaydi. Haqiqiy tannarx va hisob narxi o’rtasidagi og’ish foizini hisoblaydi. Oy davomida hisob narxi bilan xarajat qilingan materiallarni bu og’ish foizi bilan haqiqiy tannarxiga etkazadilar.
Shunday qilib, hisob narxida hisobdan chiqarilgan materiallar, og’ish foizini hisobga olgan holda, bizga ishlatiladigan materiallarning haqiqiy tannarxini beradi. Buxgalteriya hisobining bunday tashkil etilishi materiallarning harakati bilan bog’liq operatsiyalarining hisobini murakkabligini buxgalteriyada sezilarli darajada kamaytiradi.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin