Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Xarid qilingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə157/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   524
Guliston davlat

Xarid qilingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi. Tovar-moddiy zahiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi bo’yicha kiritiladi, u xarid qiymati (etkazib beruvchiga to’lanadigan summalar) va ularni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlarni o’z ichiga oladi.
Tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
a) bojxona bojlari va yig’imlari;
b) tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan soliq va yig’imlar summalari (agar ular qoplanmasa);
c) tovar-moddiy zahiralar ular orqali xarid qilingan ta’minotchi va vositachi tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik haqi;
d) tovar-moddiy zahiralarni sertifikatlash va ularni tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan texnik shartlarga muvofiq sinash bo’yicha xarajatlar;
e) tovar-moddiy zahiralarni tayyorlash va ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga etkazib berish bo’yicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari, tovar-moddiy zahiralarni barcha turdagi transport bilan ularni joriy joylashish yoki foydalanish joyiga tashish uchun tariflar (fraxt)ni to’lash bo’yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zahiralarni tashishda xatarlarni sug’urtalash bo’yicha xarajatlardan tashkil topadi;
f) tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Savdo diskontlari, chegirmalar va boshqa shu kabi chegirmalar tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish xarajatlarini belgilash chog’ida amalga oshiriladi.
Xarid qilingan tovar-moddiy zahiralarga haq to’lash bilan bog’liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o’tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zahiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chog’ida valyutani ayriboshlash bo’yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash, ro’yxatdan o’tkazish va yopish bilan bog’liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zahiralarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo’lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Muddatidan oldin to’lash natijasida yoki katta hajmda xarid qilish natijasida yoxud taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan boshqa shunga o’xshash sabablarga ko’ra, olingan pul chegirmalari xarid qilingan tovar-moddiy zahiralar qiymatini kamaytirmaydi, balki ular sodir bo’lgan hisobot davrida moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Tovar-moddiy zahiralar qarz kapitali hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kredit (qarz)dan foydalanganlik uchun foizlar ko’rinishidagi xarajatlar uning hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxiga kiritilmaydi.
Tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish bo’yicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi birlamchi hujjatlar asosida belgilanadi.
Agar shartnoma shartlarida xarid qilinadigan tovar-moddiy zahiralar uchun to’lovni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash nazarda tutilgan bo’lsa, mazkur tovar-moddiy zahiralar buxgalteriya hisobiga to’lovni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymat bo’yicha qabul qilinadi. Bunda tovar-moddiy zahiralarning to’lovni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymati bilan sotib olinayotgan tovar-moddiy zahiralar bo’yicha umumiy to’lov summasi o’rtasidagi farq to’lovni kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash davri mobaynida joriy to’lovning kechiktirish yoki bo’lib-bo’lib to’lash bo’yicha to’lovlarning umumiy summasidagi solishtirma og’irligiga bog’liq holda moliyaviy xarajatlar (foizlar bo’yicha xarajatlar) sifatida tan olinadi.
Tovar-moddiy zahiralarga qo’shimcha ishlov berish va ularni foydalanishga yaroqli holga keltirish bo’yicha ishlar bilan bog’liq xarajatlar tashkilotning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lmagan navlarga ajratish, o’rab-joylash va ularni tovar ko’rinishiga keltirish bo’yicha xarajatlarini o’z ichiga oladi. Yaroqli holga keltirish bo’yicha ishlar bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar, ularning ham tashkilot - xaridorning o’z kuchi bilan, ham chet tashkilotlar tomonidan bajarilishidan qat’i nazar tovar-moddiy zahiralarning tannarxiga kiritiladi.
Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri bo’yicha hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan tovar-moddiy zahiralar qiymatiga kiritiladi:
a) transport-tayyorlov xarajatlarini tovar-moddiy zahiralar tannarxiga bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) kiritish (shartnoma narxiga qo’shish, ustav kapitaliga kiritilgan badalning pul bahosiga qo’shish, tekinga olingan va h.k. joriy qiymatiga qo’shish).
Transport-tayyorlov xarajatlarini tovar-moddiy zahiralar tannarxiga bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) kiritish usulini ko’p bo’lmagan nomenklaturadagi tovar-moddiy zahiralarga ega bo’lgan tashkilotlarda, shuningdek tovar-moddiy zahiralarning alohida turlari va guruhlarining qiymati katta ahamiyatga ega bo’lgan hollarda qo’llash maqsadga muvofiq;
b) etkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov xarajatlarini alohida sintetik 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” hisobvarag’iga olib borib, keyinchalik ularni “Materiallar” elementi bo’yicha tovar-moddiy zahiralar tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga va (yoki) davr xarajatlariga kiritish.
Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig’iladi va tovar-moddiy zahiralarning tegishli turlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari tegishli bo’lgan partiyalari, guruhlari) o’rtasida taqsimlanadi.
Alohida yig’iladigan transport-tayyorlov xarajatlari summasi tashkilotning hisob siyosatida belgilangan davrga bog’liq holda davr oxiridagi tovar-moddiy zahiralar qoldig’i summasi va ushbu davrda chiqib ketgan (ishlatilgan, sotilgan, tekinga berilgan va h.k.) tovar-moddiy zahiralar summasi o’rtasida taqsimlanadi. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zahiralarga tegishli bo’lgan transport-tayyorlov xarajatlari summasi transport-tayyorlov xarajatlarining o’rtacha foizi bilan chiqib ketgan tovar-moddiy zahiralar qiymatining ko’paytmasi sifatida aniqlanib, ushbu tovar-moddiy zahiralarning chiqib ketishi ular bilan bog’lanishda aks ettirilgan hisobning xuddi o’sha hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Transport-tayyorlov xarajatlarining o’rtacha foizi davr boshidagi transport-tayyorlov xarajatlari qoldig’i va davr ichida qilingan transport-tayyorlov xarajatlari summalarini davr boshidagi tovar-moddiy zahiralar qoldig’i va davr ichida kelib tushgan tovar-moddiy zahiralar summasiga bo’lish bilan aniqlanadi.
Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olishning qo’llaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Haq evaziga xarid qilingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi qoplanadigan (hisobga kiritishga qabul qilinadigan) soliqlar chegirilgan hamda 4-son BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar qo’shilgan holda, shartnomaga yoki ularning xarid qilinganligi, ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq etkazib beruvchi (sotuvchi)ga to’lanadigan summa tariqasida aniqlanadi.
Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi 4-son BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zahiralarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan tegishli xarajatlarni qo’shgan holda, chet el valyutasidagi summani bojxona yuk deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko’rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi O’zR Markaziy banki kursi bo’yicha qayta hisoblash yo’li bilan so’mda belgilanadi.
Tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi, agar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqa hol nazarda tutilmagan bo’lsa, tashkilot muassislari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning puldagi bahosidan kelib chiqib aniqlanadi.
Tashkilot tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo’yicha) olingan hamda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishi natijasida olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday tovar-moddiy zahiralarga ayirboshlash yo’li bilan olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi berilgan tovar-moddiy zahiralarning balans qiymatiga teng.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday bo’lmagan tovar-moddiy zahiralarga ayirboshlash yo’li bilan olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi berilgan tovar-moddiy zahiralarning joriy qiymatiga teng.
Tovar-moddiy zahiralar qo’shimcha to’lov bilan ayirboshlangan holatlarda almashtirish yo’li bilan olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi berilgan tovar-moddiy zahiralarning ayirboshlanish chog’ida o’tkazilgan (olingan) pul mablag’lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) joriy qiymatiga teng.
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan mablag’lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo’yicha olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi deb tashkilot tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo’lgan aktivlarning joriy qiymati yoki bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning joriy qiymati tan olinadi.
Tashkilot tomonidan berilgan yoki beriladigan aktivlarning qiymatini belgilash imkoniyati mavjud bo’lmagan taqdirda, majburiyatlarni (to’lovni) pul ko’rinishida bo’lmagan mablag’lar bilan bajarishni nazarda tutadigan shartnomalar bo’yicha tashkilot tomonidan olingan tovar-moddiy zahiralarning tannarxi shunga o’xshash vaziyatlarda xuddi shunday tovar-moddiy zahiralar xarid qilinadigan joriy qiymatdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tashkilot tomonidan chetdan qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar xarid qiymati bo’yicha hisobga olinishi mumkin. Bunda 4-son BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovarlarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar ular yuzaga kelgan hisobot davrida tashkilotning davr xarajatlariga (sotish bo’yicha) kiritiladi.
Moddiy javobgar shaxslarning faoliyati ustidan tegishlicha nazorat o’rnatish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish bilan shug’ullanuvchi tashkilotlarga ustama (chegirmalar)ni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida alohida hisobga olgan holda, xarid qilingan tovar-moddiy zahiralarni sotish qiymati bo’yicha hisobga olishga ruxsat beriladi.
Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishning qo’llaniladigan tartibi tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan tovar-moddiy zahiralar tarkibiga o’tkazilgan aktivlarning tannarxi ushbu uzoq muddatli aktivlarning balans (qoldiq) qiymati bo’yicha belgilanadi.
Tashkilot tomonidan tovar-moddiy zahiralar ustav kapitaliga ulush hisobiga, tekinga va ayirboshlash yo’li bilan olinayotganda 4-son BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan xarajatlar amalga oshirilgan taqdirda tovar-moddiy zahiralarning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshiriladi.
Ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zahiralarni inventarlash natijasida aniqlangan aktivlar tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Bitta umumiy summaga xarid qilingan barcha tovar-moddiy zahiralardan har birining tannarxi ushbu summani alohida tovar-moddiy zahiraning joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yo’li bilan aniqlanadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin