Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Materiallarni turkumlash, baholash va ularni



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə154/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   524
Guliston davlat

6.2. Materiallarni turkumlash, baholash va ularni
hisobga olishning vazifalari

Ishlab chiqarish zahiralarining ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan roliga qarab, ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: xom-ashyo va asosiy materiallar, yordamchi materiallar, sotib olingan yarim fabrikatlar, chiqindilar (kaytarilgan), yoqilg’i, idish va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, inventarlar va xo’jalik jihozlari va boshqalar.


Xom-ashyo va asosiy materiallar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning moddiy asosini tashkil qiluvchi mehnat predmetlaridir.
Xom-ashyolarga qishloq xo’jaligi va qazilma sanoatining mahsulotlari (don, paxta, sut, go’sht, sabzavot mahsulotlari va boshqalar) kiradi. Materiallarga qayta ishlash sanoati mahsulotlari - un, yog’, yoqilg’i, moylash materiallari, qand va boshqalar kiradi.
Yordamchi materiallar xom-ashyo va asosiy materiallarga qo’shimcha ravishda foydalaniladi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga ma’lum darajada iste’mol xususiyatlarini beradi, shuningdek, mehnat vositalarini ta’mirlashda va ishlab chiqarish jarayonini engillashtirish uchun foydalaniladi.
Shuni e’tiborga olish zarurki, materiallarni asosiy va yordamchi materiallarga bo’lish shartli tavsifga ega bo’lib, bir tarmoqda asosiy hisoblangan materiallar boshqa tarmoqlar uchun yordamchi material bo’lishi mumkin.
Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar - qayta ishlashning ma’lum bosqichini o’tgan, lekin tayyor mahsulot holatiga etmagan xom-ashyo va materiallardir. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ular ham asosiy materiallar rolini bajaradi va ularning moddiy asosini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishdan qaytarilgan chiqindilar - tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayoniga sarflangan xom-ashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar qayta ishlash jarayonidagi qoldiqlar.
Yoqilg’ilar - ularni uchga bulish mumkin - texnologik yoqilg’ilar, dvigatel va xo’jalik yoqilg’ilari. Texnologik yoqilg’ilar texnologik maqsadlar uchun foydalaniladi. Dvigatel yoqilg’ilari esa dvigatelni yurgizish uchun ishlatiladi. Xo’jalik yoqilg’ilari isitish uchun foydalaniladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin