Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Materiallar harakatining sintetik hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə161/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   524
Guliston davlat

Materiallar harakatining sintetik hisobi. Moddiy-ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olish balans va balansdan tashqari hisobvaraqlarda amalga oshiriladi. Agar TMQlar korxonaga taaluqli bo’lmasa, ularni hisobga olish uchun balansdan tashqari hisobvaraq 002 “Mas’ul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklar” hisobvarag’ida hisobga olinadi. Qayta ishlashga qabul qilingan, lekin to’lanmagan (tollanadigan xom ashyo) buyurtmachining xom ashyosi va materiallari balansdan tashqari hisobvarag’i 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” hisobvarag’ida aks ettiriladi.
Korxonaga tegishli bo’lgan xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruktsiyalar, detallar, idishbop materiallar, inventarlar, xo’jalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
1010 “Xom ashyo va materiallar”;
1020 “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar”;
1030 “Yoqilg’ilar”;
1040 “Ehtiyot qismlar”;
1050 “Qurilish materiallari”;
1060 “Idish va idishbop materiallar”;
1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar”;
1080 “Inventar va xo’jalik jihozlari”;
1090 “Boshqa materiallar”.
Materiallar hisobda ikkita bahoning eng pasti bo’yicha materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda - haqiqiy tannarxi (sotib olish bahosi yoki ishlab chiqarish tannarxi) bo’yicha yoki bozor bahosi (sotishning sof qiymati) bo’yicha hisobga olinadi.
Zarur hollarda (ishlatiladigan materiallarning nomenklaturasi katta bo’lganda, korxona ichida materiallarning harakati intensiv bo’lganda, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishida va boshqalarda) materiallar hisobi hisob bahosi bo’yicha yuritilishi mumkin. Hisob bahosi sifatida reja tannarxi, o’rtacha sotib olish narxlari, ulgurji va boshqalar qabul qilinadi. Materiallarni hisob bahosi bo’yicha hisobga olishda, har oy, haqiqiy tannarxi ko’rsatilgan bahosining qiymatidan farqlanish summasi va foizlari hisoblab chiqiladi. Farqlar 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” hisobvarag’ida hisobga olinadi.
1010 “Xom ashyo va materiallar” hisobvarag’ida quyidagilarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi:
a) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zarur tarkibiy qismlar hisoblaniladigan xom ashyo va asosiy materiallar;
b) mahsulot ishlab chiqarishda yoki xo’jalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi materiallar;
c) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xo’jaligi mahsulotlari va h.k.;
d) em-xashak va to’shamalar. O’zida ishlab chiqarilgan em-xashak va to’shamalar yil oxirida haqiqiy tannarxiga to’g’rilash bilan yil davomida reja tannarxi bo’yicha aks ettiriladi.
1020 “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar” hisobvarag’ida yig’ishda va qayta ishlov berishda xarajat talab qiladigan ishlab chiqarilayotgan (qurilish) mahsulotni butlash uchun ishlab chiqarish kooperatsiyasi tartibida xarid qilingan, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruktsiyalarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik tashkilotlari tomonidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik mavzulari bo’yicha ilmiy va eksperimental ishlarni o’tkazish uchun chetdan sotib olinadigan butlovchi buyumlar, maxsus uskunalar, asboblar, moslamalar va boshqa qiymatliklar 1020 “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar” hisobvarag’ida hisobga olinadi.
1030 “Yoqilg’ilar” hisobvarag’ida neft mahsulotlari, yoqilg’i-moylash materiallari (YoMM) (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilg’isi, yog’ va hokazolar), qattiq yoqilg’i (ko’mir, o’tin va hokazolar) va gazsimon yoqilg’i (gaz, gazolin), shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq yoqilg’i sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Yoqilg’i-moylash materiallari (YoMM) uchun talonlardan foydalanilganda ham ularning hisobi 1030 “Yoqilg’ilar” hisobvarag’ida yuritiladi.
1040 “Ehtiyot qismlar” hisobvarag’ida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarni ta’mirlash va eskirgan qismini almashtirish uchun mo’ljallangan asosiy faoliyat uchun xarid qilingan yoki tayyorlangan, ehtiyot qismlarning mavjudligi va harakati, hamda zahiradagi avtomobil shinalari hisobga olinadi. Shu erda ta’mirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida korxonaning ta’mirlash bo’limlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar, to’liq komplektli mashinalarning almashish fondi harakati ham hisobga olinadi.
1050 “Qurilish materiallari” hisobvarag’ida qurilish konstruktsiyalari va detallari, bino va inshootlarning qismlari, konstruktsiya va detallarini qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini tayyorlash, qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan, shuningdek boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va o’zida ishlab chiqilgan qurilish materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
1060 “Idish va idishbop materiallar” hisobvarag’ida idishlarning barcha turlari (xo’jalik inventari sifatida foydalaniladigan idishlardan tashqari), shuningdek idishlar tayyorlash va ta’mirlash uchun mo’ljallangan materiallar va detallar (yashiklarni yig’ish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish va boshqalar)ning mavjudligi va harakati yuritiladi. Yuklanadigan mahsulotlarning butligi va saqlanishini ta’minlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalarni qo’shimcha jihozlash uchun mo’ljallangan buyumlar 1010 “Xom ashyo va materiallar” hisobvarag’ida hisobga olinadi.
1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” hisobvarag’ida chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bog’liq chetdagi korxonalarga to’langan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetiga olib boriladi.
1080 “Inventar va xo’jalik jihozlari” hisobvarag’ida korxonaning aylanma mablag’lari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xo’jalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining (kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Ushbu hisobvaraqda quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan mulk hisobga olinadi:
a) xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo’lmagan;
b) xizmat qilish muddatidan qat’i nazar bir birligi (komplekti)ning qiymati (sotib olish vaqtida) O’zRda belgilangan eng kam ish haqi miqdorining ellik barobarigacha bo’lgan buyumlar. Rahbar hisobot yilida buyumlarning inventar va xo’jalik jihozlari tarkibida hisobga olinishi uchun ular qiymatining past chegarasini belgilash huquqiga ega.
Xizmat qilish muddati va qiymatidan qat’i nazar inventar va xo’jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (alohida buyurtmani tayyorlash uchun yoki ma’lum bir turdagi buyumlarni seriyali va ommaviy ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan maqsadli asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitar buyumlar, maxsus poyafzal;
c) yotoq jihozlari;
d) kantselyariya jihozlari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va h.k.);
e) oshxona va ovqatlanish xonasi jihozlari, shuningdek ovqatlanish xonasi choyshablari;
f) xarajatlari, ularni qurish qurilish-montaj ishlari tannarxiga olib boriladigan vaqtinchalik (titulsiz) inshootlar, qurilma va moslamalar;
g) foydalanish muddati bir yildan kam bo’lgan almashtiriladigan uskunalar;
h) ov qurollari (ko’kan, qopqon, to’rlar va h.k.).
Korxonalar mustaqil ravishda inventarlar, asboblar va xo’jalik jihozlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarni ularning moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’rni va roliga qarab ochishlari mumkin. Ularning qiymati foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga to’liq qo’shilishi mumkin. Foydalanishdagi inventar va xo’jalik jihozlarining saqlanishini ta’minlash maqsadida keyinchalik ularning hisobi balansdan tashqari 014 “Foydalanishdagi inventar va xo’jalik jihozlari” hisobvarag’ida tsex, ombor va alohida foydalanuvchilar bo’yicha yuritiladi.
Inventar va xo’jalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holga kelgan hollarda ularni balansdan tashqari hisobvaraqdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
1090 “Boshqa materiallar” hisobvarag’ida yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarda nazarda tutilmagan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu erda ishlab chiqarish chiqindilari (qirqimlar, qirindi va sh.k.); tuzatib bo’lmaydigan yaroqsiz mahsulotlar; asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar (metallolom, yaroqsiz materiallar, eskirgan shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, ishlatilgan moy, nigrol va h.k.) hisobga olinadi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari urug’liklar, ekish materiallari, (sotib olingan va o’zida ishlab chiqarilgan) kompostlar, mineral o’g’itlar, qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan, biologik preparatlar, zaharli kimyoviy moddalar, dorilar hamda kimyoviy moddalarni (o’simlikchilikda, chorvachilikda va yordamchi xo’jalikda) hisobga olish va boshqalar uchun qo’shimcha hisobvaraqlarni ochishlari mumkin.
Materiallarning kelib tushishi 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” va 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” hisobvaraqlaridan foydalanilgan holda (agar bu korxonaning hisob hisobvarag’ida belgilangan bo’lsa) yoki ushbu hisobvaraqlardan foydalanilmagan holda aks ettirilishi mumkin.
Materiallarning ishlab chiqarishga yoki boshqa xo’jalik maqsadlariga haqiqatda sarflanishi (1000) materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Materiallarni chetga sotish (1000) materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning krediti va 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining debetida aks ettiriladi.
Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000)ning analitik hisobi saqlanish joylari va ularning alohida nomlari (turlari, navlari, hajmlari va boshqalar) bo’yicha yuritiladi.
Quyida matariallarni harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishi keltirilgan:
1) Mol etkazib beruvchilardan materiallar olindi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
2) Asosiy vositalarni tugatish natijasida kelib tushgan materiallarning qiymati:
D 1090 “Boshqa materiallar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
3) Ta’sischilardan ularning ulushi hisobidan turli xil materiallarning kelib tushishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
4) Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan materiallarning kelib tushishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
K 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
5) Boshqa shaxslardan materiallarning tekinga olinishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 8530 “Tekinga olingan mulk”.
6) Materiallar kirim qilingandan keyin aniqlangan yaroqsizlik (defekt) bo’yicha mol etkazib beruvchiga bildirilgan da’vo:
D 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
7) Transport-tayyorlov xarajatlarining materiallar tannarxiga kiritilishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”.
8) Yaroqsiz mahsulotdan qolgan materiallarning kirim qilinishi:
D 1090 “Boshqa materiallar”
K 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”.
9) Materiallarning haqiqiy tannarxi bo’yicha kirim qilinishi (1500 hisobvaraq qo’llanilganda):
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”.
10) O’zida ishlab chiqarilgan materiallarning kirim qilinishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
11) To’lovi inkor etilgan oldin bildirilgan da’vo summasining hisobdan chiqarilishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”.
12) Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarga materiallarning chiqarilishi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki
D 2510 “Umumishlab chiqarish xarajatlari” yoki
D 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
13) Ma’muriy ehtiyojlar uchun materiallarning berilishi:
D 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
14) Yaroqsiz mahsulotni tuzatish uchun materiallarning sarflanishi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
15) Mahsulotlarni sotish uchun idishlarning sarflanishi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 1060 “Idish va idishbop materiallar”.
16) Chetga chiqib ketayotgan materiallarning qiymatini hisobdan chiqarish:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
17) Tabiiy ofat natijasida yo’qotilgan materiallarning hisobdan chiqarilishi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
18) Inventarizatsiya natijasida materiallarning kamomadi aniqlandi:
D 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
19) Tog’-kon tayyorgarlik ishlarida foydalanilgan qurilish materiallarining hisobdan chiqarilishi:
D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
D 0800 “Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 1050 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
Agar korxona asosiy faoliyatdan tashqari chorvachilik bilan shug’ullansa qo’shimcha hisobvaraq 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” qo’llashiga to’g’ri keladi. Korxonaga tegishli yosh hayvonlar; boquvdagi, yaylovdagi katta yoshdagi hayvonlar; parrandalar; yovvoyi hayvonlar; quyonlar; asalari oilalari; sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan (boquvga qo’yilmasdan); sotish uchun aholidan qabul qilingan qoramollarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
1110 "O’stirishdagi hayvonlar";
1120 "Bo’rdoqidagi hayvonlar".
Yuqorida ko’rsatilgan hayvonlarni o’stirish va bo’rdoqiga boqish xarajatlari 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” (agar chorvachilik asosiy faoliyat turi bo’lsa) yoki 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
Asosiy podadan yaroqsiz qilingan hayvonlar 1120 “Bo’rdoqidagi hayvonlar” hisobvarag’iga, 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining kreditidan (mahsuldor hayvonlar - boshlang’ich qiymatda; ishchi hayvonlar - yaroqsizga chiqarish natijasida olingan haqiqiy miqdorida) hisobga olinadi.
Nasl sifatida olingan yosh hayvonlar 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” hisobvarag’ining debetiga va nasl beradigan hayvonlarni saqlash xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqning kreditidan kirim qilinadi.
Yosh yirik shoxli qoramollar va boquvdagi (yaylovdagi) hayvonlarning ortgan vaznining qiymati, shuningdek yosh hayvonlar (toylar va boshqalar)ning o’sish qiymati har oyda 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” va 1120 “Bo’rdoqidagi hayvonlar” hisobvaraqlarining debetiga parvarishlash reja tannarxi bo’yicha ushbu hayvonlarni parvarishlash xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan olib boriladi. Yil oxirida ko’rsatilgan hisobvaraqlar bo’yicha yil davomida parvarishlash reja tannarxi bo’yicha hisobga olingan hayvonlarning qo’shilgan vazni yoki o’sish qiymatini, parvarishlashning haqiqiy tannarxigacha to’g’rilash yozuvlari amalga oshiriladi.
Asosiy podaga o’tkaziladigan yosh hayvonlar 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” hisobvarag’idan 0840 “Asosiy podani tashkil etish” hisobvarag’ining debetiga hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning o’zida yosh hayvonlarning asosiy podaga o’tkazilishida 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” hisobvarag’i debetlanadi va 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” hisobvarag’i kreditlanadi. Qiymati 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” hisobvarag’ida yuritiladigan hayvonlarning chetga chiqib ketishi, shu jumladan, asosiy podadan yaroqsiz qilingan hayvonlarni tayyorlash korxonalariga topshirilishi 1110 “O’stirishdagi hayvonlar”, 1120 “Bo’rdoqidagi hayvonlar” hisobvaraqlarining krediti va 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” hisobvarag’ining debetida aks ettiriladi va bir vaqtning o’zida ushbu hayvonlar uchun sotib oluvchidan korxonaga tegishli summaga 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” hisobvarag’ining krediti bilan 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” hisobvarag’ining debeti bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Nobud bo’lgan va noilojlikdan so’yilgan (epizootiya yoki tabiiy ofatdan nobud bo’lganlaridan tashqari) hayvonlarning qiymati moddiy qiymatliklarning buzilishi sifatida 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” va 1120 “Bo’rdoqidagi hayvonlar” hisobvaraqlarining krediti va 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar” hisobvarag’ining debetida aks ettiriladi. Nobud bo’lgan va noilojlikdan so’yilgan hayvonlardan olingan terilar, shoxlar, tuyoqlar, texnik yog’lar va shu kabilar foydalanish yoki sotish mumkin bo’lgan narxlar bo’yicha baholanib, qo’shimcha mahsulot sifatida hayvonlarni parvarishlash xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan kirim qilinadi. Epizootiya yoki tabiiy ofatdan nobud bo’lgan yoki so’yilgan hayvonlarning qiymati 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” va 1120 “Bo’rdoqidagi hayvonlar” hisobvaraqlarining kreditidan bevosita 9720 “Favquloddagi zararlar” hisobvarag’ining debetiga hisobdan chiqariladi.
“O’stirishdagi hayvonlar” va 1120 “Bo’rdoqidagi hayvonlar” hisobvaraqlari bo’yicha analitik hisoblar hayvonlarni o’stirish va boqish xarajatlarini hisobga olish uchun belgilangan hayvonlarni saqlash joylari, turlari, yoshlarining guruhlari va boshqalar bo’yicha yuritiladi.
Quyida o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarning harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Boshqa shaxslardan va aholidan xarid qilingan hayvonlar kirim qilindi:
D 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” yoki
D 1120 “Bo’rdoqidagi hayvonlar”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
2) Boshqa shaxslardan va aholidan xarid qilingan hayvonlar kirim qilindi (1500 - hisobvaraqdan foydalanilganda):
D 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
3) Hayvonlarning ortgan vazni va o’sishining kirim qilinishi:
D 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” yoki
D 1120 “Bo’rdoqidagi hayvonlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
4) Mol etkazib beruvchilardan xarid qilingan yosh hayvonlar kirim qilindi:
D 1110 “O’stirishdagi hayvonlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
5) Undirilmaydigan da’volar summasining hisobdan chiqarilishi:
D 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” yoki
D 1120 “Bo’rdoqidagi hayvonlar”
K 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”
6) Hayvonlarni etkazib kelish bo’yicha hisobdor shaxslarning xarajatlari:
D 1110 “O’stirishdagi hayvonlar” yoki
D 1120 “Bo’rdoqidagi hayvonlar”
K 6970 “Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz”
7) Ta’sischilardan ulush sifatida olingan yosh hayvonlarning kirim qilinishi:
D 1110 “O’stirishdagi hayvonlar”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”
8) Yirik shoxli qoramol nasllarining kirim qilinishi:
D 1110 “O’stirishdagi hayvonlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
K 2710 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
9) Ishchi otlar nasllarining (toychoqlar) kirim qilinishi:
D 1110 “O’stirishdagi hayvonlar”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
10) Boshqa shaxslardan tekinga kelib tushgan yosh hayvonlarning kirim qilinishi:
D 1110 “O’stirishdagi hayvonlar”
K 8530 “Tekinga olingan mulk”.
11) Yosh xayvonlarning asosiy podaga o’tkazilishi:
D 0840 “Asosiy podani tashkil qilish”
K 1110 “O’stirishdagi hayvonlar”.
12) Inventarizatsiya natijasida aniqlangan chetga sotilgan va berilgan yosh hayvonlar:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” yoki
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 1110 “O’stirishdagi hayvonlar”.
13) Yosh hayvonlarning sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga berilishi:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 1110 “O’stirishdagi hayvonlar”.
14) Epizootiya natijasida nobud bo’lgan yosh hayvonlarning hisobdan chiqarilishi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 1110 “O’stirishdagi hayvonlar”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin