Korxonada inventarizatsiya natijalari bo’yicha jami 118 200 000 so’mlik moddiy zahiralar kamomadi aniqlangan.
Komissiya xulosalariga ko’ra:
1) 7 140 000 so’m miqdorida kamomad tabiiy yo’qotish normalari doirasida moddiy yo’qotishlar miqdoriga mos keladi;
2) 48 930 000 so’m miqdorida kamomad tabiiy ofatlar (suv toshqini) natijasida hosil bo’lgan);
3) 62 130 000 so’m miqdorida kamomad omborxona mudiri tomonidan moddiy zahiralarning o’g’irlanishi natijasida hosil bo’lgan. Mudir bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g’risida shartnoma imzolangan. Ombor mudiri aybini to’liq tan oldi. Korxonaga etkazilgan zarar uchun qarz undirish kamomad aniqlangan sanada 76 800 000 so’mni tashkil qilgan bozor narxlarida amalga oshiriladi.
Buxgalteriya yozuvlarini kiriting.
Yechim