Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə167/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   524
Guliston davlat

Xo’jalik operatsiyalari mazmuni

Summa, so’m

Hisobvaraqlarning bog’lanishi

Debet

Kredit

Yog’och O’zR MB bo’yicha olingan sanadagi kursi bo’yicha qabul qilindi (20 000 doll. • 9400 so’m)

188 000 000

1510

6010

Olingan materiallar bo’yicha QQS hisobga olindi (3000 doll. • 9400 so’m)

28 200 000

4410

6010

Materiallar hisobga olingunga qadar hisoblangan kredit bo’yicha foizlar tashkilotning boshqa moliyaviy xarajatlar tarkibiga kiritildi

300 000

9610

6920

Yuk tashish xarajatlari materiallar tannarxiga kiritildi

300 000

1510

6010

Transport xizmatlari bo’yicha QQS hisobga olindi

45 000

4410

6010

Transport xizmatlari uchun haq to’landi

345 000

6010

5110

O’zRning to’lov kunidagi kursi bo’yicha yog’och etkazib beruvchiga to’lov amalga oshirildi((20 000 + 3000) • 9500)

218 500 000

6010

5110

Kurs farqi summasi materiallar tannarxiga kiritildi (20 000 • (9500 so’m/doll. – 9400 so’m/doll.))

2 000 000

1510

6010

QQS summasi kurs farqiga oshdi (3000 doll. x (9500 so’m/doll. – 9400 so’m/doll.))

300 000

4410

6010

Hisob narxlarida yog’och hisobga qabul qilinadi

180 000 000

1010

1510

Qabul qilingan materiallarni haqiqiy tannarxi va hisob narxi o’rtasidagi farq (ortiqcha xarajat) hisobga olindi (188 000 000 so’m + 300 000 so’m + 2 000 000 so’m – 180 000 000 sum)

10 300 000

1610

1510

Qabul qilingan materiallar bo’yicha QQS summasi hisobga olindi (28 200 000 so’m + 45 000 so’m + 300 000 so’m)

28 545 000

6410

4410

3 misol


Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib, fevral oyida ishlab chiqarish uchun hisobdan chiqarilgan materiallar tannarxini va 2019 yil 1 martdagi materiallar qoldig’ining tannarxini quyidagi materiallarni hisobdan chiqarish usullari bilan aniqlang (6.1-jadval):
-“o’rtacha qiymat”;
- “FIFO” usuli;
-“LIFO” usuli.
6.1-jadval
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar xarajati



Xo’jalik operatsiyasini mazmuni

Materiallar miqdori, dona

Bir-birlik material qiymati, so’m.

Summa, so’m

1

2019 yil 1 fevraldagi qoldiq

8 000

15 000

120 000 000

2

Fevralda kirim bo’ldi, shundan:

58 000




823 100 000




9 fevral

16 500

14 000

231 000 000




15 fevral

14 500

17 000

246 500 000




26 fevral

27 000

12 800

345 600 000

3

Jami materiallar

66 000

-

943 100 000

4

Fevralda ishlab chiqarishga xarajat qilindi

47 800







5

2019 yil 1 martdagi qoldiq

18 200







Yechim
1. O’rtacha qiymat bo’yicha materiallarni hisobdan chiqarish:


Bir-birlik materialni o’rtacha qiymatini aniqlaymiz:
943 100 000 so’m : 66 000 dona = 14 289,39 so’m.
2019 yil fevral oyida ishlab chiqarishga xarajat qilgan materiallar qiymatini aniqlaymiz:
47 800 dona • 14 289,39 so’m = 683 032 842 so’m.
2019 yil 1 mart holatiga materiallar qoldiq qiymatini aniqlaymiz:
943 100 000 so’m. – 683 032 842 so’m = 260 067 158 so’m.
Nazorat raqamini tekshiramiz 943 100 000 so’m (683 032 842 so’m + 260 067 158 so’m).
2. Materiallarni FIFO usulida hisobdan chiqarish:
2019 yil fevral oyida ishlab chiqarishga xarajat qilgan materiallar qiymatini aniqlaymiz:
8 000 dona • 15 000 so’m + 16 500 dona • 14 000 so’m + 14 500 dona • 17 000 so’m + 8 800 dona • 12 800 so’m = 120 000 000 so’m + 231 000 000 so’m + 246 500 000 so’m + 112 640 000 so’m = 710 140 000 so’m.
2019 yil 1 mart holatiga materiallar qoldiq qiymatini aniqlaymiz:
18 200 dona • 12 800 so’m = 232 960 000 so’m.
Nazorat raqamini tekshiramiz 943 100 000 so’m (710 140000 so’m + 232 960 000 so’m).
3. Materiallarni LIFO usulida hisobdan chiqarish:
2019 yil fevral oyida ishlab chiqarishga xarajat qilgan materiallar qiymatini aniqlaymiz:
27 000 dona • 12 800 so’m + 14 500 dona • 17 000 so’m + 6 300 dona • 14 000 so’m = 345 600 000 so’m + 246 500 000 so’m + 88 200000 so’m = 680 300 000 so’m.
2019 yil 1 mart holatiga materiallar qoldiq qiymatini aniqlaymiz:
10 200 dona • 14 000 so’m + 8000 dona • 15 000 so’m = 142 800 000 so’m + 120 000 000 so’m = 262 800 000 so’m.
Nazorat raqamini tekshiramiz 943 100000 so’m (680 300 000 so’m + 262 800 000 so’m).

4 misol


Tashkilot materiallar qiymatini hisob narxida aks ettiradi. 2019 yil 1 fevral holatiga korxona omboridagi materiallar qoldig’i 30 000 000 so’mni, 1610 hisobvaraqning debet tomonidagi qoldig’i – 10 000 000 so’m.
Fevral oyida 70 000 000 so’m miqdorida hisob narxlarida materiallar qabul qilindi. Materiallarning haqiqiy qiymati 88 550 000 so’mni tashkil etdi, shu jumladan QQS summasi – 11 550 000 so’m. Fevral oyida asosiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar 25 000 000 so’mga, yordamchi ishlab chiqarishga 15 000 000 so’m miqdorida hisob narxlarda hisobdan chiqarildi.
Materiallar qiymatidagi og’ishlarni hisob qiling, og’ishlar foizini toping va haqiqiy tannarxda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallarni hisobdan chiqaring.
Yechim


Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin