Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə26/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   524
Guliston davlat

Moliyaviy hisobotning xolisligi. Moliyaviy hisobotning ishonchliligini ta’minlash uchun unda keltiriladigan axborot yanglishlardan xoli bo’lishi kerak.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholash tamoyili ularning tannarxi yoki sotib olingan narxi baholashga asos bo’lishini nazarda tutadi. Standartlarda ko’zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baholash sotib olish qiymatidan farq qilishi mumkin.
Hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarning bir-biriga muvofiqligi ushbu davrda mazkur hisobot davrida olingan daromadlarga asos bo’lgan xarajatlarni aks ettirishini bildiradi. Agar xarajatlar va daromadlarning ayrim turlari o’rtasidagi bevosita bog’liqlikni aniqlash qiyin bo’lsa, xarajatlar taqsimlashning biror-bir tizimiga muvofiq tarzda bir necha hisobot davriga taqsimlab chiqiladi. Bu bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga ham taalluqlidir.
Tushunarlilik. Moliyaviy hisobotda keltiriladigan axborot foydalanuvchilar uchun tushunarli va sodda bo’lishi lozim.
Ahamiyatlilik. Moliyaviy axborotning ahamiyatliligi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida ularning ehtiyojini qoldirishi va operatsion, moliyaviy hamda xo’jalik faoliyatiga doir voqealarga baho berishda ularga yordam berishi lozimligini bildiradi. Axborotning mohiyati va qiymati (muhimligi) uning ahamiyatliligiga ta’sir qilishi mumkin.
Muhimlik. Agar axborotning tushirib qoldirilishi yoki noto’g’ri ko’rsatilishi axborotdan foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilsa, bunday axborot muhim hisoblanadi. Moliyaviy hisobotlarda xarakteri va vazifalari jihatidan o’xshash bo’lgan va alohida ko’rsatilishi mumkin bo’lmagan miqdorlar bilan umumlashtirilishi lozim bo’lgan miqdorlar bir moddada aks ettiriladi.
Biroq, alohida o’zini olganda ham, boshqalarga qo’shganda ham muhim hisoblangan axborot o’zga axborot bilan to’la umumlashtirilmasligi lozim. Shu munosabat bilan, agar axborotning ochib berilmasligi hisobotdan foydalanuvchilar moliyaviy hisobot asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir qilishi mumkin bo’lsa, bunday axborot muhim hisoblanadi.
Muhimlik uni tushirib qoldirishning alohida aniq sharhlarida ko’rib chiqiladigan moddaning hajmiga bog’liq bo’ladi. Moliyaviy hisobot xarakteri va vazifalari jihatidan guruhlarga birlashtirilgan xo’jalik operatsiyalarini ishlab chiqish natijasidir. Moliyaviy hisobotlarda yoki modda tarzida tushuntirishlarda aks ettiriladigan, tasnif etilgan qisqa ko’rinishdagi axborot mazkur jarayonning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi.
Moliyaviy hisobotda ayrim ko’rsatkichlarni ajratib ko’rsatish yoki ularni boshqa ko’rsatkichlar bilan bir moddaga birlashtirish ham muhimdir. Shu sababli agar aktivlar yoki passivlarning, daromadlar yoki xarajatlarning ayrim moddalari muhim bo’lmasa, bunday hollarda modda yoki moddalar jamining xarakteri va hajmi bir vaqtning o’zida baholanadi. Vaziyatga qarab moddaning xarakteri yoki hajmi belgilovchi omil bo’lib xizmat qiladi.
Agar dastlabki axborot muhim bo’lmasa, BHMSda keltirilgan bunday axborotlarni ochib ko’rsatish talablarini bajarishga hojat bo’lmaydi. Biroq umumiy foydalanishga mo’ljallangan moliyaviy hisobotlarda muhim axborot boshqa muhim axborot bilan bir moddada birlashtirilgan bo’lsa, moliyaviy hisobotga tushuntirishlarda bu axborotni ochib ko’rsatish zarur.
Muhimlik moliyaviy hisobotda keltirilgan tushunarlilik va aniqlik darajasi bilan bog’liq. Axborotni ming yoki milliongacha yaxlitlashtirish chog’ida muhimlik tamoyili buzilmagan paytgacha aniqlik darajasidan foydalanishga yo’l qo’yiladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin