Soliq bazasi. Soliq kodeksning 295-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim bo’lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi.
Soliq bazasini XII bo’limda belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to’lovchi daromadlarining va (yoki) xarajatlarining (zararlarining) ayrim turlari maxsus qoidalar bo’yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin.
Soliq to’lovchi ushbu bo’limga muvofiq foydani va zararni hisobga olishning umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar bo’yicha daromadlarning (xarajatlarning) alohida-alohida hisobini yuritadi.
Soliq bazasi soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Soliq to’lovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida ko’rilgan zararlar soliq solish maqsadlarida soliq bazasini Soliq kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda va shartlarda kamaytiradi.
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining Soliq kodeksning VII bo’limi va 331-moddasiga muvofiq belgilanadigan umumiy foydasini ham o’z ichiga oladi.
Soliq bazasiga XII bo’limda belgilangan hollarda va tartibda tuzatishlar kiritiladi.
Soliq to’lovchining daromadlariga va (yoki) xarajatlariga (zararlariga) Soliq kodeksning VI bo’limida nazarda tutilgan hollarda tuzatishlar kiritiladi.
Natura shaklidagi daromadlar va xarajatlar soliq to’lovchi tomonidan bitimning haqiqiy narxidan kelib chiqqan holda inobatga olinadi. Agar bunday bitimdagi tovarlarning (xizmatlarning) narxi ularning bozor narxidan farq qilsa va bunday farqlanish soliq to’lovchining soliq bazasi kamayishiga yoki zarari ko’payishiga olib kelsa, soliq bazasi Soliq kodeksning VI bo’limiga muvofiq belgilanadigan bozor narxlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq davri.Kalendar yil.
Hisobot davri. Yil choragi.
Soliq stavkalari alohida to’lovchilar uchun quyidagi miqdorlarda belgilanadi (11.2-jadval):
11.2-jadval
Alohida to’lovchilar uchun soliq stavkalari