Quyidagi soliq to’lovchilar:
tsement (klinker) ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
polietilen granulalar ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi;
faoliyatining asosiy turi mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatishdan iborat bo’lgan
20
3
O’zi ishlab chiqargan o’z qishloq xo’jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foyda bo’yicha Soliq kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va baliq xo’jaligi korxonalari
0
4
Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi soliq to’lovchilar
0
5
Qo’shimcha manbalardan daromadlar oluvchi byudjet tashkilotlari
0
6
Tovarlarni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda
0
7
Bozor va savdo komplekslarida xizmat ko’rsatishdan olingan foyda
20
8
Tovarlarning (xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchi elektron tijorat sub’ektlarining milliy reestriga kiritilgan soliq to’lovchilar
7,5
9
Yagona ishtirokchilari nogironligi bo’lgan shaxslarning jamoat birlashmalari bo’lgan va umumiy xodimlar sonida nogironligi bo’lgan shaxslar kamida 50 foizni tashkil etadigan va nogironligi bo’lgan shaxslarning mehnatiga haq to’lash jamg’armasi mehnatga haq to’lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan soliq to’lovchilar
0
10
O’zR Xalq banki tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag’lardan foydalanishdan olinadigan daromadlar
0
11
Dividendlar tarzidagi daromadlar
5
12
Qolgan soliq to’lovchilar, bundan 1–11-bandlarda ko’rsatilganlar mustasno
15
Foydaga soliq hisoblash buxgalteriya hisobida quyidagi bog’lanish bilan aks ettiradi:
D 9810“Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (Foyda solig’i bo’yicha)”;
Byudjetga foyda solig’i o’tkazilayotganda beriladigan hisobvaraqlar bog’lanishi:
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (Foyda solig’i bo’yicha)”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
Foyda solig’ini to’g’ri hisoblash uchun daromad va xarajatlarni qaysi turlari korxona foydasini shakllantiradi aniq bilish zarur.
Foydani soliqqa tortish maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ekt daromadi ikki guruhga bo’linadi: realizatsiya (sotish)dan daromad va realizatsiyadan boshqa daromadlar.
O’zi ishlab chiqarilgan yoki sotib olingan mahsulot (tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilagan xizmat)larni sotishdan tushum; mol-mulk (qimmatbaho qog’ozlar ham) va mol-mulkga egalik huquqidan sotishdan tushum realizatsiyadan daromad deb hisoblanadi.
Realizatsiyadan boshqa daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: tekinga olingan mulk, inventarizatsiya paytida aniqlangan ortiqcha moddiy boyliklar, asosiy vositani hisobdan chiqarishda olingan moddiy boyliklar qiymati va boshqalar.
Soliqqa tortish maqsadida jami korxona xarajatlari ham ikki guruhga ajratiladi:
- mahsulot (tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilagan xizmat)lar uchun qilingan xarajatlar;
- realizatsiyadan tashqari xarajatlar.
Mahsulot (tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilagan xizmat)lar uchun qilingan xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- moddiy xarajatlar;
- mehnat haqi xarajatlari;
- mehnat haqidan ijtimoiy ajratmalar;
- hisoblangan amortizatsiya;
- boshqa xarajatlar.
Foyda solig’ini hisoblashda korxona daromad va xarajatlarni tan olish tartibini to’g’ri qo’llash katta ahamiyatga egadir. Buxgalteriya hisobi maqsadlari uchun mahsulot (tovar, bajarilgan ish, ko’rsatilagan xizmat)lardan tushgan tushum buxgalteriya hisobida xo’jalik faoliyati faktlarini qayd qilish paytida vaqt tamoyilini hisobini olgan holda rioya qilish kerak.
Hisobot davrida bo’lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos bo’lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o’rtasida bevosita bog’liqlikni o’rnatish qiyin bo’lsa, xarajatlar biron-bir taqsimlash tizimiga muvofiq bir nechta hisobot davrlari o’rtasida taqsimlanadi. Bu, masalan, bir necha yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir.
Sotish lahzasini aniqlashda asosiy kriteriya jo’natilgan mahsulot (tovar)dan foydalanish huquqi sotuvchidan xaridorga o’tish payti hisoblanadi yoki hisoblash printsipi.