Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Vaqtinchalik farqlarning soliq samarasi hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə290/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   524
Guliston davlat

Vaqtinchalik farqlarning soliq samarasi hisobi. Vaqtinchalik farqlar soliq bazasiga ta’sir ko’rsatib, kelgusi davrlar uchun to’g’ri keluvchi soliq summasini oshiradi, yoki kamaytiradi. Buning natijasida buxgalteriya hisobida yana ikkita yangi tushuncha yuzaga keladi:
1) vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan foyda solig’i;
2) vaqtinchalik farqlar bo’yicha foyda solig’i yuzasidan muddati uzaytirilgan majburiyatlar.
Bunday moddalarni hisobga olishning muhimligi shundan iboratki, ular yirik kompaniyalarning yillik balanslarida juda sezilarli summani tashkil qilishi mumkin. Masalan, XXXX yil yakuni bo’yicha bu summa “Daymler Kreysler” kompaniyasida 1,9 mlrd. AQSh dollarini, “Boing” kompaniyasida ham 1,9 mlrd AQSh dollarini, “Bristol Meyers” kompaniyasida 415 mln. AQSh dollarini va “Goodyear” kompaniyasida 376 mln. AQSh dollarini tashkil qilgan. Yangi hisobvaraqlar rejasida bu moddalarning joriy va uzoq muddatli qismini alohida tarzda hisobga olish ko’zda tutilgan.
Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan foyda solig’i. Bu modda soliqqa tortiluvchi foyda summasini vaqtinchalik farqlar ta’siri natijasida buxgalteriya foydasidan ko’p bo’lgan holatda yuzaga kelib, muddati uzaytirilgan soliq aktivini hosil qiladi. Kelgusi yillarda bu moddadagi summa muddati uzaytirilgan majburiyatlar hisobidan tartibga solinadi.
2 misol. “MAB” korxonasi bo’yicha hisobot davrida ishlab chiqarish usulini qo’llab asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi 700 mln so’mni tashkil qilgan. Lekin Soliq kodeksi soliq hisobi uchun eskirish hisoblashning to’g’ri chiziqli usulini tavsiya etgan va ushbu usul bo’yicha hisoblangan eskirish summasi 500 mln so’mdan iborat bo’ldi.
Bu holatda soliqqa tortiladigan foyda summasini ko’paytirishga olib keluvchi vaqtinchalik farq 200 000 000 so’m (700 000 000 – 500 000 000) yuzaga keldi. Ushbu misol ma’lumotlaridan foydalanib, avval hisoblangan soliq summasiga aniqlik kiritamiz.
Yechim:
1. Buxgalteriya foydasi 850 000 000
2. Doimiy farqlar (+):
issiq ovqat xarajatlari 300 000 000
moddiy yordam summasi 200 000 000 500 000 000
3. Soliqqa tortiladigan foyda 1 350 000000
4. Soliq stavkasi 15 %
5. Foyda solig’i summasi 202 500 000
6. Vaqtinchalik farqlar (+; -):
asosiy vositalar eskirishidagi farq (+) 200 000 000
7.Soliqqa tortiladigan foyda (1 350 000 000 + 200 000 000)
1 550 000 000
8. Soliq stavkasi 15 %
9. Foyda solig’i summasi 232 500 000
Vaqtinchalik farqlar ta’siri ostida yuzaga kelgan foyda solig’i summasiga buxgalteriya yozuvi rasmiylashtiriladi:
D 9810 “Foyda solig’i bo’yicha xarajatlar” 202 500 000
D 0950 “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan foyda solig’i”
32 000 000
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz” 232 500 000
Demak, bu holatda hisobot davri uchun hisoblangan soliqning bir qismi (32 000 000 so’m)ni xarajat sifatida tan olishning muddati uzaytirilmoqda. Bu summa korxona balansining joriy yoki uzoq muddatli aktivlar bo’limiga tegishli bo’lgan “Vaqtinchalik farqlar bo’yicha muddati uzaytirilgan daromad (foyda) solig’i” deb nomlangan moddasida aks ettiriladi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin